Isroil Falastinning HAMAS harakati tomonidan Ğazo sektorida uşlab turilgan yana uç nafar garovdagi şaxsning jasadlarini qabul qildi. Bu haqda 2 noyabr kuni keçqurun Binyamin Netanyahu devoni xabar berdi. “Isroil Qizil Xoç orqali uç nafar halok bölgan garovdagi şaxsning tobutlarini qabul qildi, ular Ğazo sektorida TSAHAL va ŞABAK kuçlariga topşirildi”, — deyiladi bayonotda.

Keyinroq Isroil Soğliqni saqlaş vazirligi vakili ma’lum qilişiça, jasadlar milliy sud-tibbiyot markaziga “şaxsni aniqlaş hamda ölim holati va sabablarini tekşiriş” uçun yetkazilgan, deb xabar berdi AFP. Markaz mutaxassislari söngra halok bölganlarning oilalari bilan uçraşadi.

HAMASning jangovar qanoti bildirişiça, jasadlar avvalroq 2 noyabr kuni sektorning janubiy qismidagi tunnellardan biri yonida topilgan. AFP yozişiça, söz ehtimol uç nafar askar haqida ketmoqda. Hozirgaça garovdagi 28 nafardan 17 nafarining jasadi qaytarilgan — şulardan 15 nafari isroillik, biri Tailand, yana biri Nepal fuqarosi.

2023 yil 7 oktyabr kuni hamasçilar Isroilga hujum uyuştirgani Yaqin Şarq mojarosining yanada keskinlaşuviga start berdi. U paytda jangçilar Isroilga raketa zarbalari berib, uning hududiga kirib borgan va taxminan 1200 kişini öldirgan. Şuningdek, 250 nafar odam garovga olinib, Ğazo sektoriga olib ketilgan. Keyinçalik ularning bir qismi almaşinuv natijasida qaytarilgan, yana bir qismi halok bölgan.

Isroil javoban HAMASga uruş e’lon qildi. Quruqlik operatsiyalari va Ğazoga aviahujumlar davomida 68 mingdan ortiq falastinlik halok böldi, yana 170 mingdan ziyod kişi yaralandi. 

13 oktyabr kuni Şarm aş-Şayxda bölib ötgan xalqaro “tinçlik sammiti”da Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş böyiça deklaratsiya imzolandi. U yerda otaşkesim kuçga kirdi, TSAHAL yaqindagi janglar hududining taxminan yarmidan qöşinlarni olib çiqdi. Isroil qariyb 2 ming falastinlik mahbusni ozod qildi. HAMAS jangçilari sönggi tirik garovdagilarni qaytargan, ammo halok bölgan ayrim garovdagilar jasadlarini hali ham uşlab turibdi.

Otaşkesim şartlariga köra, YeI va AQŞda terroristik deb tan olingan HAMAS harakati qurolsizlanişi va Ğazo sektoridagi hokimiyatdan çetlaşişi kerak edi. Ammo jangçilar qurolni topşirmadi va siyosiy raqiblarga nisbatan sudsiz qatllar amalga oşirgani haqida xabarlar bor.