Bir qarashda oddiy muammo...

2021 yil 17 avgust kuni Ravshan aka qulog‘i yonida joylashgan kichkinagina xolidan qon ketayotganini payqaydi. Tezda dermatologga boradi. Mutaxassis tekshiruvidan so‘ng Toshkent shahar onkologiya shifoxonasiga yo‘llanma oladi. U yerda dastlabki tashxis — teri melanomasining birinchi bosqichi tashxisi qo‘yiladi. Biroq shifokorlar aniq xulosa uchun o‘smaning o‘zi olib tashlanib, gistologiya tekshiruvi o‘tkazilishi lozimligini aytishadi.

Shifo izlab

25-avgust kuni Toshkent viloyati onkologiya shifoxonasida operatsiya bo‘lib o‘tdi. O‘sma olib tashlandi va namuna bir nechta laboratoriyaga yuborildi. 27 avgustda laboratoriyadan javob keladi: tashxis tasdiqlandi — yomon turdagi teri melanomasi. Ammo kasallik qay bosqichda ekanini aniqlash uchun kerakli asbob-uskunalar O‘zbekistonda yo‘q ekan. Tekshirtirish uchun namunani chet elga yuborishdi. Birinchi navbatda parafin bloklar Hindistonga jo‘natildi, ammo 35 kundan so‘ng kelgan javobda analiz uchun namunalar yetarli emasligi aytiladi.

Shundan keyin oila a’zolari Germaniya, Isroil, Hindiston va Turkiya klinikalari imkoniyatlarini o‘rganib chiqib, Turkiyaning Istanbul shahridagi Anadolu klinikasini tanlaydilar. Chunki klinikaning AQShdagi Johns Hopkins klinikasi bilan hamkorligi, xalqaro standartlarga amal qilishi va bemorga individual yondashuvi yo‘lga qo‘yilganligi e’tiborligini tortadi. Bundan tashqari har bir izohlar bilan tanishib chiqadilar va ijobiy ma’lumot oladilar.

Turkiyadagi sinovlar

2021 yil 11 oktyabr oyida bemorni Turkiya Anadolu klinikasi onkologi Sinan Karaaslan qabul qiladi. MRT va PET-KT natijalariga ko‘ra, limfa tugunlarini tekshirish uchun biopsiya tavsiya etiladi.

18 oktyabrda ikkinchi amaliyot o‘tkaziladi, ammo orada o‘tgan vaqt bemorning foydasiga qarshi ishlagan – vaziyat ancha jiddiylashgan edi. Lekin shifokorlar kechikmay qaror chiqaradi: bo‘yin limfodisseksiyasi o‘tkaziladi va bemorda jami 23 limfa tuguni olib tashlanadi. Shundan keyin bir yillik terapiya ishlari, har 3 oyda nazorat tekshiruvlari boshlanadi.

Biroq 2022 yil iyunda yangi muammo aniqlanadi — Ravshan akada parotid beziga saraton xujayralari tarkaganligi sababidan yana bir amaliyot amalga oshiriladi. Shundan keyin shifokorlar davo usulini o‘zgartiradi: target terapiya o‘rniga immunoterapiya boshlanadi. U har 21 kunda bir marta, bir yil davomida amalga oshiriladi.