“Dunyo” AA ma’lumotiga köra, muloqot avvalida ikki mamlakat örtasidagi hamkorlik aloqalari oxirgi paytlarda izçil kengayib borayotgani ta’kidlandi. Suhbatda terrorizm, uyuşgan jinoyatçilik, giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasi, kiberxavfsizlik va migratsiya bilan boğliq xatarlarga qarşi kuraşişda idoralararo hamkorlikni institutsional darajada mustahkamlaş muhimligi qayd etildi.

Tomonlar vazirliklar örtasida taşkil etilgan xavfsizlik masalalari böyiça qöşma işçi guruh faoliyatini davom ettirişga kelişib oldi. Birinçi uçraşuv Tehronda muvaffaqiyatli ötgani qayd etilar ekan, mazkur formatdagi ikkinçi yiğilişni joriy yil dekabr oyida Toşkent şahrida ötkaziş taklifi körib çiqildi.

Uçraşuv yakunida Eron tomoni vakillariga Özbekistonga taşrif buyurib, mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanişiş taklifi bildirildi. Tomonlar tezkor ma’lumot almaşiş kanallarini kengaytiriş, qöşma öquv-taktik maşğulotlar va tajriba almaşuvini yölga qöyiş böyiça amaliy qadamlarni işlab çiqişga kelişdi.