Podşoh vorisi, mamlakatning amaldagi rahbari Muhammad bin Salmon 2016 yilda Vision 2030 dasturini taqdim etgan edi — iqtisodiyotni özgartirişga qaratilgan, ulkan köçmas mulk loyihalariga urğu beruvçi ambitsioz reja.

Dastlabki strategiyaga gorizontal şahar-osmonöpari «Oynali yöl» (The Line) loyihasi ham kirgan bölib, u kengligi 200 metr, balandligi 500 metr, uzunligi 170 ming metrga yetişi közda tutilgan edi. Şuningdek, mamlakat şimolida toğlarda xalqaro qişki öyinlarni ötkaziş, yöllarini sun’iy qor bilan ta’minlaş rejalari ham bor edi.

Biroq 9 million aholiga möljallangan «Oynali yöl» va boşqa megaloyihalar bir qator keçikişlarga duç keldi.

Reuters manbasining aytişiça, yangi strategiya PIF uçun barqarorroq va tezroq qaytimni ta’minlaş istagi bilan izohlanadi. Endi asosiy e’tibor logistika, foydali qazilmalar (jumladan, rasman oçiqlanmagan bölsa-da, zaxiralari katta deb baholanayotgan nodir yer metallari) va diniy turizm rivojiga qaratilmoqda. Bundan taşqari, mamlakat sun’iy intellekt va ma’lumotlarni qayta işlaş markazlariga, ularni podşohlikning keng energetik resurslari — şu jumladan uglevodorodlar — bazasida rivojlantirişga tikilyapti.

Yangi strategiya Makka va Madina şaharlarida diniy turizmni kengaytirişni ham nazarda tutadi. Şu oyda şahzoda Muhammad bin Salmon Makkaning Masjidul-Harom atrofida yangi loyiha e’lon qildi — içki va oçiq maydonlarda jami 900 ming kişi uçun namoz öqiş joylari barpo etilmoqda.

NEOM doirasidagi «Oynali yöl» loyihasida işlar qisqartiriladi. Endilikda e’tibor uzunligi 2,4 km bölgan birinçi uçastka nihoyasiga yetkazişga qaratilgan, u jahon çempionati talabiga mos stadionni ham öz içiga olişi kerak.

Şu tariqa podşohlik strategiyasi qimmatbaho va ulkan developerlik taşabbuslaridan asta-sekin texnologiyalar, logistika, diniy turizm va raqamli iqtisod kabi diversifikatsiya qilingan va daromadli yönalişlarga siljimoqda