Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi ma’lumotiga ko‘ra, yangi tartib to‘lovlarni raqamlashtirish, shaffoflikni oshirish va qarzdorlikni qisqartirishga qaratilgan. Endilikda to‘lovlar:
- Toza makon billing tizimi orqali;
- elektron to‘lov tizimlari orqali;
- interneti yo‘q, olis hududlar uchun — tijorat banklari kassalari va “O‘zbekiston pochtasi” AJ bo‘limlari orqali (istisno tartibida) amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, 2025 yil 7 martdagi 1044-son qonunga muvofiq, chiqindilar xizmati bo‘yicha majburiy to‘lov qarzdorligi bor iste’molchilar SMS orqali ogohlantirilgandan keyin qarz bartaraf etilmaguncha, elektr energiyasi uchun to‘lovlarni qabul qilish vaqtincha cheklanadi.
Agentlik fuqarolardan shaxsiy hisob-ma’lumotlarini Toza makon orqali tekshirib turish va rasmiy kanallardagi e’lonlarni kuzatishni so‘radi.







