Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng ko‘p nikoh Samarqand viloyatida qayd etildi
Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yil yanvar–sentabr oylarida mamlakat bo‘yicha FHDYo organlarida 177 mingta nikoh ro‘yxatdan o‘tgan. Eng ko‘p nikohlar Samarqand viloyatida - 21,2 mingta, Farg‘ona (19,4 ming), Qashqadaryo (17,7 ming) va Toshkent shahrida (16,9 ming) kuzatilgan. Eng kam ko‘rsatkichlar Sirdaryo (4,5 ming) va Navoiy (5,5 ming) viloyatlarida qayd etilgan.
Foto: Kun.uz
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–sentabr oylarida FHDYo organlarida O‘zbekiston bo‘yicha 177 mingta nikoh ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Eng yuqori ko‘rsatkich Samarqand viloyatida — 21,2 mingta.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hududlar kesimida nikohlar soni quyidagicha taqsimlandi:
- Samarqand viloyati — 21,2 mingta;
- Farg‘ona viloyati — 19,4 mingta;
- Qashqadaryo viloyati — 17,7 mingta;
- Toshkent shahri — 16,9 mingta;
- Andijon viloyati — 14,9 mingta;
- Surxondaryo viloyati — 14,0 mingta;
- Namangan viloyati — 13,8 mingta;
- Toshkent viloyati — 13,4 mingta;
- Buxoro viloyati — 9,8 mingta;
- Xorazm viloyati — 9,5 mingta;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 8,7 mingta;
- Jizzax viloyati — 7,6 mingta;
- Navoiy viloyati — 5,5 mingta;
- Sirdaryo viloyati — 4,5 mingta.
Umuman, Samarqand viloyati hissasi jami 177 mingta nikohning taxminan 12 foizini tashkil etadi. Ro‘yxatda keyingi o‘rinlarni Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlari egallagan.
Mavzuga oid
15:40 / 07.02.2026
40 yoshdan keyin ota bo‘lganlar ulushi 7 foiz - statistika
13:53 / 07.02.2026
O‘zbekistonliklar ta’limga 39 trln so‘mdan ortiq mablag‘ sarfladi
10:31 / 07.02.2026
Yanvarda inflatsiyaga eng ko‘p meva-sabzavot narxlari ta’sir qildi
15:50 / 02.02.2026