«Elkart bilan hamkorlikdagi loyiha mintaqa içidagi hisob-kitoblarni yanada soddalaştiriş yölidagi navbatdagi qadamdir. Endi HUMO kartasi bilan Qirğizistondagi kafe, dökon yoki mehmonxonada bemalol tölov qiliş mumkin. Dollar yoki som sotib oliş, valuta ayirboşlaşda pul yöqotiş yoki xalqaro karta oçiş va unga xizmat körsatiş uçun tölov qiliş zarurati yöqoladi. Tizim foydalanilmagan mablağlarni qayta ayirboşlaş zaruriyatini bartaraf etib, kurs farqidan kelib çiqadigan yöqotişlardan himoya qiladi. Biz uyda ham, xorijda ham foydalaniş uçun xavfsiz va qulay moliyaviy muhit yaratmoqdamiz», dedi HUMO biznesni strategik rivojlantiriş departamenti direktori Olga Amangeldyyeva.

2025 yil noyabr oyining örtalariga kelib, tizim Özbekistonning barça bankomatlarida va asosiy terminal tarmoğida işga tuşadi. Töliq ulaniş jarayoni 2026 yilning 1-çoragida yakunlanadi.

HUMO va «Elkart» örtasidagi özaro ekvayring biznes uçun ham yangi imkoniyatlar oçadi: endi çegara hududlaridagi savdo şoxobçalari qöşni davlatdan kelgan mijozlardan qöşimça xarajatlarsiz va xalqaro tölov tizimlariga ulanmasdan tölovlarni qabul qilişlari mumkin böladi.

Elkart milliy tölov tizimi: https://elcart.kg/

Reklama huquqi asosida