Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (IHTT) davlatlariga doimiy yaşaş uçun kelgan migrantlar oqimi 2024 yilda uç yillik sezilarli ösişdan söng ilk bor biroz kamaydi. Taşkilotning 3 noyabr kuni Bryusselda e’lon qilgan hisobotiga köra, ötgan yili IHTTning 38 davlatiga doimiy yaşaş uçun 6,2 million odam kelgan — bu körsatkiç 2023 yildagidan 4 foiz past. Şu bilan birga, yangi doimiy migrantlar oqimi tarixiy maksimal darajada qoldi: 2019 yilga (COVID-19 pandemiyasigaça) nisbatan 15 foizga yuqori.

IHTT mamlakatlariga doimiy migratsiyaning asosiy sababi — oila bilan qayta birlaşiş. Şu fonda mehnat migrantlari soni 2020 yildan beri kuzatilgan barqaror ösişdan söng 21 foizga qisqardi.

Hisobotga köra, migrantlarning yarmi beş davlat hissasiga töğri keladi. AQŞ 1,42 million kişi bilan birinçi örinda, undan keyin 586 ming kişi bilan Germaniya kelyapti. Keyingi qatorda — Kanada, Buyuk Britaniya va Ispaniya.

Ayrim Yevropa mamlakatlarida migrantlar soni sezilarli qisqargan: masalan, Germaniyada 2023 yilga nisbatan doimiy migrantlar 12 foizga kamaygan. Buyuk Britaniyada bu körsatkiç 2024 yilda 41 foizga tuşgan, AQŞda esa aksinça — 20 foizga ösgan.

Şu bilan birga, IHTT mamlakatlarida siyosiy boşpana sörovçilar soni ösişda davom etdi va yangi maksimumga — 3,1 million yangi arizaga yetdi. Bu 2023 yilga nisbatan 13 foiz köp. Kelib çiqiş mamlakatlari orasida Venesuela, Kolumbiya va Suriya peşqadam böldi.