Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

Ğazo uçun xalqaro kuçlar

AQŞ — BMT Xavfsizlik Kengaşining bir neça a’zolariga Ğazo uçun kamida ikki yil davom etadigan xalqaro kuç tuziş töğrisidagi rezolyutsiya loyihasini yubordi. Bu haqda hujjat nusxasiga tayanib Oq uyga yaqin Axios naşri yozmoqda.

«Maxsus, lekin maxfiy emas» belgisi bilan tarqatilgan hujjat AQŞ va boşqa iştirokçi davlatlarga 2027 yil oxirigaça Ğazoni boşqariş va xavfsizlikni ta’minlaş böyiça keng vakolat beradi. Hujjatda bu muddat keyinçalik uzaytirilişi mumkinligi qayd etilgan.

AQŞ rasmiysi ma’lum qilişiça, rezolyutsiya loyihasi kelgusi kunlarda Xavfsizlik kengaşi a’zolari örtasidagi muzokaralarga asos böladi. Maqsad — yaqin haftalarda rezolyutsiyani ovozga qöyiş va 2026 yil yanvariga qadar Ğazoga dastlabki qöşinlarni joylaştiriş.

AQŞ rasmiysi ta’kidlaşiça, «Xalqaro xavfsizlik kuçi» bu safar «tinçlikparvar kuç» emas, balki «majburiy ijro kuçi» böladi.

ISF bir neçta davlatlar harbiylarini öz içiga oladi va AQŞ prezidenti Donald Tramp raislik qiladigan «Tinçlik kengaşi» bilan hamkorlikda taşkil etiladi. Loyihada Kengaş kamida 2027 yil oxirigaça faoliyat yuritişi nazarda tutilgan.

Rezolyutsiya loyihasiga köra, xalqaro kuçlar — Ğazoning Isroil va Misr bilan çegaralarini qöriqlaş, fuqarolar va humanitar yölaklarning xavfsizligini ta’minlaş, Hamasni qurolsizlantiriş va Ğazoda yangi politsiyani tayyorlaş kabi vazifalarni bajaradi.

Axios ma’lumotiga köra, Indoneziya, Ozarboyjon, Misr va Turkiya öz qöşinlarini yuborişga tayyorlik bildirgan. Kuçlarning taşkil etilişi va faoliyati «Misr va Isroil bilan yaqin maslahatlaşuv hamda hamkorlikda» amalga oşiriladi.

Rossiya–Ukraina uruşi

Bloomberg manbalariga köra, şu kunlarda Buyuk Britaniya Ukrainaga yana bir neçta «Storm Shadow» raketalarini topşirgan. Bu Kiyevga Rossiya hududiga uzoq masofali zarbalar kampaniyasini davom ettiriş imkonini beradi.

Kiyevga aniq qança raketa yetkazilgani ma’lum emas, ammo yangi yetkazib berişlar Ukrainani butun qiş mavsumida ta’minlaş uçun möljallangan. London bu davrda Rossiya hujumlarini kuçaytirişidan xavotirda.