Yangi model — Land Aircraft Carrier deb nomlanadi. U gibrid dvigatelga ega bo‘lib, 1000 km gacha yo‘l bosishi mumkin. Eng hayratlanarlisi — miniven ichidagi ikki o‘rinli kopter mashinaning tanasidan ajralib chiqib, avtopilot yoki qo‘lda boshqariladigan tarzda uchishi mumkin.

To‘g‘ri, hozircha parvozlar faqat hukumat ruxsat bergan maxsus yo‘nalishlarda amalga oshiriladi. Ammo bu bosqich — kelajak transportiga qo‘yilgan katta qadam.

Narxi hozircha sir, lekin taxminan 2 million yuan (≈280 ming dollar) atrofida bo‘lishi aytilmoqda. Sotuvlar 2026 yilda boshlanadi.