Prezident Şavkat Mirziyoyev 3 noyabr kuni aholini giyohvandlikdan himoya qiliş yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanişdi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Majlisda qayd etilişiça, yil boşidan buyon Özbekistonda 11 mingdan ziyod narkojinoyat aniqlanib, 2,5 tonnaga yaqin giyohvand moddalar uşlab qolindi. «Bunday jinoyatlarning şakl va turlari yildan yilga köpayib, qamrovi ortib bormoqda», – deya ta’kidlandi tadbirda.

Yiğilişda sohadagi mavjud salbiy tendensiyalar tahlil qilindi. Jumladan, keyingi paytlarda iste’moli oson, yaşiriş va tarqatiş qulay dori şaklidagi psixotrop va sintetik moddalar an’anaviy narkotiklar örnini egallamoqda, ularning tarqalişi asosan yoşlar orasida yuz bermoqda, sintetik narkotiklar yaşirin narkolaboratoriyalarda tayyorlanib, internet orqali kontaksiz şaklda ötkazilmoqda, narkotiklarni tarqatiş manbasi bölgan uyuşgan jinoyatçilik transçegaraviy xususiyatga ega.

«Şu bois, milliy qonunçiligimizga mana şunday xavf-xatarlarning oldini oliş, ularga qarşi ayovsiz kuraşiş, bunday illatni tag-tomiri bilan yöqotişga qaratilgan normalarni kiritiş vaqti keldi», — dedi prezident.

Mutasaddilar narkotiklarning noqonuniy aylanişiga barham beriş böyiça reja va takliflarini taqdimot qildi.

Bunda öquvçi va talabalar orasida narkotiklarning tarqalişiga batamom çek qöyiş, yoşlarda bu illatga murosasiz munosabatni şakllantirişga qaratilgan ta’sirçan amaliy harakatlarni amalga oşirişni barça mas’ul organlar va taşkilotlarning ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilaş zarurligi alohida qayd etildi.

Prezident, birinçi navbatda, yoşlar orasida narkotiklarning noqonuniy aylanmasiga jinoiy-huquqiy mexanizmlar orqali qat’iy barham beriş hamda yoşlarga nisbatan sodir etiladigan narkojinoyatlar uçun javobgarlikni oğirlaştiriş, narkotiklarni internet orqali tarqatiş, uyuşgan guruhlar va narkolaboratoriyalar, ularga rahnamolik qilayotgan mansabdor şaxslarni aniqlaş va çek qöyişga qaratilgan keng qamrovli tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatini yölga qöyiş kerakligini körsatib ötdi.

Şuningdek, voyaga yetmagan va yoşlar orasida giyohvandlikning diagnostikasi, davolaş va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasi tizimi tubdan takomillaştiriladi.

Taqdimotda 100 dan ziyod tezkor-profilaktik, taşkiliy-tarbiyaviy, tarğibot-taşviqot çora-tadbirlarini nazarda tutuvçi Giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini oliş hamda ularga qarşi kuraşiş böyiça 2025−2026 yillarga möljallangan kompleks amaliy harakatlar milliy dasturi loyihasi davlat rahbari tomonidan ma’qullandi hamda bu borada uzluksiz işlaş tizimini joriy etiş böyiça tegişli topşiriqlar berildi.