Tadbirkor Gopiçand Hinduja uzoq davom etgan xastalikdan söng 85 yoşida vafot etdi, deb yozdi Financial Times manbalarga tayanib.
Kelib çiqişi hindistonlik bölgan Gopi Hinduja The Sunday Times naşri talqiniga köra, Buyuk Britaniyaning eng boy odami hisoblanadi.
Uning oilasining boyligi Hinduja Group kompaniyasining bank sektori, köçmas mulk, neft, köngiloçar va transportga kiritgan sarmoyasi hisobiga 35,3 milliard funt sterlingni taşkil etadi.
Gopi Hinduja 1959 yilda Hindiston va Eronda taşkil etilgan oilaviy biznesiga qöşildi. U kamtarona savdo kompaniyasini yirik konglomeratga aylantirişga yordam berdi, deb yozdi FT.
Hinduja va uning akasi Sriçand 1980-yillarda Londonga köçib ötdi va u yerda Hinduja Group kompaniyasiga rahbarlik qildi. Sriçand 2023 yilda vafot etdi.











