Bugun, 5 noyabr kuni Özbekiston U-17 jamoasi jahon çempionatidagi iştirokini boşlaydi. Islombek Ismoilov boşçiligidagi ösmirlar jamoasi dastlabki öyinda Paragvaydan kelgan tengqurlariga qarşi bahs olib boradi.

Uçraşuv starti Toşkent vaqti bilan soat 18:00 ga belgilangan. Öyin Sport TV jonli efirida translatsiya qilinadi.

Guruhdagi keyingi öyinlar Irlandiya (8 noyabr) va Panama (11 noyabr) jamoalariga qarşi bölib ötadi.

Saudiyadagi qahramonlik

Islombek Ismoilov boşçiligidagi jamoa aprel oyida Saudiya Arabistonida ötkazilgan Osiyo çempionatida jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritgandi.

Öşanda jamoa avvalboşdan turnir çempionligi uçun asosiy favoritlardan biri ekanini namoyiş etgandi. Guruh bosqiçida dastlab Tailand 4:1 hisobida mağlub etilgan, ikkinçi turda Xitoy ustidan 2:1 hisobida irodali ğalabaga erişilgan bu orqali guruh bosqiçi va jahon çempionati yöllanmasini hal qilingandi. Uçinçi turda mezbon Saudiya Arabistoniga qarşi rasmiyatçilikka aylangan öyinda yirik 3:0 hisobida yakunlangandi.

Pley-offda esa avvaliga BAA 3:1 hisobida taslim etildi, yarimfinalda esa KXDR darvozasiga javobsiz 3 ta töp kiritildi, holbuki şimoliy koreyaliklar çorakfinalda Indoneziyani 6:0 hisobida mağlubiyatga uçratgandi.

Final esa çinakamiga dramatik tus oldi. Özbekiston vakillariga birinçi bölimning özida ikki bor qizil kartoçka körsatildi: avvaliga 39-daqiqada Nurbek Sarsenbayevga qöpollik uçun töğridan töğri qizil kartoçka körsatildi va futbolçi maydonni közda yoş bilan tark etdi. Birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarda esa Miraziz Abdukarimov «sönggi umid foli» uçun maydondan çetlatildi.

Lekin bu zarbalar jamoaga aks ta’sir körsatdi va futbolçilardagi iştiyoq haddan ortiq darajada ortib ketdi. Ikkinçi bölim boşida mezbonlar futbolçisi jarima maydoni içida töpni qöli bilan öynadi, Muhammad Hakimov esa belgilangan penaltini aniq ijro etib, hisobni oçdi.

70-daqiqada esa Sadriddin Hasanov tezkor qarşi hujumda raqib posboni bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqib bordi hamda töpni uning oyoqlari orasidan ötkazib, ikkinçi golni urdi.

Öyinning qolgan qismida hisob özgarmadi va Özbekiston vakillari 9 kişi holatida ğalabani saqlab qolib, Osiyo çempioniga aylandi.