Yevropa Ittifoqining Ukraine Facility yordam mexanizmi doirasida Ukraina beşinçi tranş sifatida 1,8 milliard yevrodan ortiq mablağ oladi, deb xabar berdi YeI kengaşi 4 noyabr kuni. «Bu summa Ukraina tomonidan beşinçi tranşni oliş uçun zarur bölgan töqqiz qadam muvaffaqiyatli bajarilgani, şuningdek törtinçi tranşdan qolgan bitta qadam ham tamomlanganini aks ettiradi», — deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, moliyalaştiriş, asosan, «Ukrainaning makromoliyaviy barqarorligini mustahkamlaş va uning davlat boşqaruvi işini qöllab-quvvatlaş»ga qaratilgan.

Ukraine Facility qöllab-quvvatlaş mexanizmi 2024–2027 yillarni qamrab oladi va şu davr mobaynida YeI Ukrainaga 50 milliard yevrogaça «barqaror va oldindan taxmin qilinadigan moliyaviy yordam» taqdim etişi mumkin, deya ma’lum qiladi YeK (Yevropa komissiyasi) sayti.

Bundan oldin YeI Ukrainaga 6 mlrd yevro oraliq moliyalaş, 1,89 mlrd yevro avans tarzidagi moliyalaş, şuningdek 4,2 mlrd, 4,1 mlrd, 3,5 mlrd va 3,2 mlrd yevro miqdorida tört tranş ajratgan, deyiladi YeI kengaşi bayonotida.

Yevropa komissiyasi ta’kidlaşiça, Ukraine Facility böyiça tölovlar Ukraina tomonidan aniq qayta tiklaş va islohotlar rejasini amalga oşiriş, şuningdek demokratiya mexanizmlari, qonun ustuvorligi va inson huquqlarini qöllab-quvvatlaş bilan çambarças boğlangan. Ukrainaga tölovlar YeK tomonidan şartlar bajarilişi tekşirilgandan söng har çorakda amalga oşiriladi.