Amerikalik aktrisa Anjyelina Joli 5 noyabr kuni Xersonga keldi. Bu haqda Ukraina Telegram-kanallari, şuningdek davlat telekanali “Suspilne” mahalliy hokimiyat vakillariga tayangan holda xabar qildi.
Jolining taşrif maqsadi hozirça aniq emas. Biroq telekanalning dastlabki ma’lumotlariga köra, u tibbiy muassasalarga borgan, jamoat taşkilotlari vakillari bilan ham uçraşgan. Bundan taşqari, ayrim Telegram-kanallarida aktrisaning, ehtimol, panohgohda olingan surati ham e’lon qilindi: unda Jolining yertölada öyin xonasiga aylantirilgan xonada bolalar bilan muloqot qilayotgani körinadi.
Yana bir videoda Xerson harbiy ma’muriyati rahbari Yaroslav Şanko Anjyelina Joliga şaharga bağişlangan esdalik medalini topşirgani tasvirlangan.
Xersonga yölda aktrisa Mikolayiv şahridagi TsKga ham kirib ötgan, çunki uning qöriqçisini safarbarlikka çaqirişni rejalaştirişgan, deb yozadi “Politika Strany” naşri Odessa şahar Telegram-kanallariga tayanib. Ularning biri Jolining TsK yölagida turgani körsatilgan video ham e’lon qilgan. Jolining qöriqçisini safarbarlikka çaqiriş rejasi haqidagi ma’lumotni Oliy rada deputati Aleksey Gonçarenko ham tasdiqlagan.
OAV manbalariga köra, gap Joliga hamrohlik qilgan 1992 yilda tuğilgan haydovçi haqida ketmoqda. U 4 noyabr kuni Ukraina janubiy şahri yaqinidagi blokpostda şaxsi aniqlangaç, TsKga olib borilgan. Şu paytda unda harbiy hujjatlari yöqligi ma’lum bölgan. TsKda uning zaxira ofitseri ekani, 2025 yil iyun oyida orqa qism bölinmalarida xizmatga yaroqli deb topilgani va safarbarlikdan ozod etilişining tasdiqlangan asoslari yöqligi aniqlangani aytilmoqda. Hozir esa u göyoki “safarbarlikka tayyorlanayotgani” ma’lum qilindi.
Şu bilan birga, TSN telekanali UQK (VSU)da yuqori lavozimli manbaga tayanib, Jolining qöriqçisi “majburlab” uşlab turilmaganini bildirdi. “Şaxsi aniqlandi, şundan keyin u tinçlik bilan öz işlari böyiça ketdi. Muammoli masalalar kelib çiqmadi. Hammasi qonun doirasida”, — degan manba. TSNning yana ikki manbasi esa mazkur şaxsning safarbar qilinişi haqidagi ma’lumotni na tasdiqladi, na rad etdi. Jolining TsKga kirib borişini ular aktrisaning “hojatxona qidirgani” bilan izohladi.
Joli Rossiya boşlagan keng kölamli uruşdan keyin Ukrainaga oldin ham kelgan: 2022 yil aprel oyi oxirida u Lvivga taşrif buyurgan. Xususan, u mahalliy vokzaldagi qoçqinlarni qabul qiliş markazida va internatda bölgan, harbiy harakatlardan jabrlangan bolalar bilan uçraşgan. Mahalliy aholi esa aktrisa kafega kirgan paytida video olişga ham muvaffaq bölgan.












