Qöşma Ştatlar BMT Xavfsizlik kengaşiga Suriya prezidenti Ahmad aş-Şar’adan sanksiyalarni bekor qilişni nazarda tutuvçi rezolyutsiya loyihasini taklif etdi, deb xabar berdi 5 noyabr kuni Reuters agentligi hujjatga tayanib. Rezolyutsiya loyihasida, şuningdek, Suriyaning amaldagi içki işlar vaziri Anas Hasan Xattabga nisbatan ham sanksiyalarni olib taşlaş közda tutilgan.

Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levittning tasdiqlaşiça, 10 noyabr kuni aş-Şar’a Vaşingtonga taşrif buyurib, AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan uçraşadi. Axios naşri AQŞning Suriya böyiça maxsus vakili Tom Barakka tayanib, uşbu uçraşuvda Suriyaning vaqtinçalik prezidenti AQŞ boşçiligidagi IŞIDga qarşi koalitsiyaga qöşiliş töğrisidagi kelişuvni imzolaşi kutilayotganini yozgan.

Reuters ta’kidlaşiça, agar BMT Xavfsizlik kengaşi Tramp bilan rejalaştirilgan uçraşuvdan oldin aş-Şar’adan sanksiyalarni olib taşlaş uçun ovoz bermasa ham, uning Vaşingtonga kelişiga tösiq bölmaydi. Çunki BMT XKning sanksiyalar qömitasi ilgari Suriyaning vaqtinçalik hukumati rahbariga sayohat ruxsatnomalari bergan. Bundan taşqari, joriy yil sentabr oyida sönggi 25 yilda birinçi marta Suriya TIV rahbari Hasan aş-Şibaniy AQŞga taşrif buyurgan.

Qöşma Ştatlar sönggi bir neça oy davomida BMT Xavfsizlik kengaşi a’zolarini Suriyaga nisbatan sanksiyalarni yumşatişga çaqirib kelmoqda. Hozirça AQŞning yangi rezolyutsiyasi qaçon umumiy ovoz berişga qöyilişi noaniq. U qabul qilinişi uçun kamida töqqizta qöllab-quvvatlovçi ovoz va Rossiya, Xitoy, AQŞ, Fransiya yoki Buyuk Britaniya tarafidan vetoning yöqligi talab etiladi. Tramp esa may oyida Vaşingtonning Suriyaga nisbatan siyosatini sezilarli özgartirib, mamlakatdan AQŞ sanksiyalarini olib taşlaşini e’lon qilgan edi.

15 oktyabr kuni Ahmad aş-Şar’a Moskvaga taşrifi doirasida RF prezidenti Vladimir Putinga Damaşqdagi yangi hokimiyat Rossiya va Suriya örtasida ilgari tuzilgan barça kelişuvlarga amal qilişini ma’lum qildi. Putin öz navbatida Moskva Damaşq bilan munosabatlarni qayta tiklaşga tayyor ekanini ta’kidladi.

Aş-Şar’a 2024 yil oxirida Moskvaning köp yillik ittifoqdoşi Başar Asadni ağdargani bilan tanilgan. Uning jangovar nomi - Abu Muhammad al-Jölaniy.

Rossiya köp yillar davomida Asadni Suriyadagi isyonçilarga qarşi harbiy yöl bilan qöllab-quvvatlab kelgan edi, ammo aş-Şar’a rahbarligidagi kuçlar 2024 yil dekabrida hokimiyatga keldi. Asad ağdarilgandan keyin RF unga va oilasiga siyosiy boşpana berdi. Rossiya OAV xabar qilişiça, Asadlar oilasi hozir Moskvada yaşamoqda.