AQŞ Markaziy Osiyo davlatlariga mustaqillik va öz kelajagini belgilaş imkoniyatini saqlab qolişda yordam berişga intiladi. Bu haqda 5 noyabr kuni C5+1 (Markaziy Osiyo + AQŞ) diplomatik platformasining ön yilligiga bağişlangan tadbirda respublikaçi senator, AQŞ Senatining Xalqaro işlar böyiça qömitasi raisi Jyeyms Riş ma’lum qildi.
«Bugun bu yerga yiğilgan yetakçilar murakkab geosiyosiy muhitda joylaşgan davlatlar vakillaridir. Biz buni tuşunamiz. Sizlar qudratli mamlakatlar örtasida qolgan buyuk millatlarsiz. Bugungi uçraşuv hamkorligimizni mustahkamlaş va mamlakatlaringiz taqdirini belgilaşingizni ta’minlaş uçun imkoniyatdir», dedi senator.
Riş sözlariga köra, AQŞ Rossiya va Xitoy ta’siriga muqobil variantni taklif qilişga tayyor:
«Beqaror Rossiya va tobora tajovuzkor bölib borayotgan Xitoy öz milliy manfaatlarini butun dunyo böylab, köpinça qöşnilari hisobidan ilgari surayotgan bir paytda, Qöşma Ştatlar Markaziy Osiyo mamlakatlariga işonçli hamkorlik va özaro iqtisodiy rivojlaniş uçun haqiqiy imkoniyatni taklif qilmoqda».
Senator, şuningdek, Kongressga C5+1 formatidagi hamkorlar bilan iqtisodiy hamkorligidagi tösiqlarni bartaraf etişga qaratilgan qonun loyihasi kiritilganini ma’lum qildi:
«Uşbu yönalişni qöllab-quvvatlaş maqsadida men, senator Stiv Deyns va hamkasblarim bilan birgalikda C5+1 formatidagi hamkorlarimiz bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş yölidagi eskirgan tösiqlarni bartaraf etişga qaratilgan qonun loyihasini taqdim etdim. Gap Jyekson-Venik qonuni çeklovlarini bekor qiliş haqida ketmoqda».
U taşabbus C5+1 platformasining ön yilligida taqdim etilgani va «mamlakatlarimiz örtasidagi hamkorlikning yangi, jadal davrini» oçişga qaratilgani ramziy ma’noga ega ekanini ta’kidladi.
C5+1 platformasi AQŞ va Markaziy Osiyoning beşta davlati — Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekistonni birlaştiradi. U 2015 yilda siyosiy, iqtisodiy va mintaqaviy hamkorlik formati sifatida taşkil etilgan. Navbatdagi sammit 6 noyabr kuni Vaşingtonda bölib ötadi.
Jyekson-Venik qonuni (tuzatişi) — 1974 yilda AQŞ Savdo töğrisidagi qonuniga kiritilgan tuzatiş bölib, ular emigratsiyaga tösiq qöyuvçi va boşqa inson huquqlarini buzuvçi davlatlar bilan savdoni çeklaşni nazarda tutadi. Bunga, xususan, Qöşma Ştatlarga import qilinadigan tovarlarga boj va yiğimlarning oşirilişi, şuningdek, davlat kreditlari va kredit kafolatlarini taqdim etişni taqiqlaş kiradi.











