2026 yil 1 yanvardan boşlab Rossiya fuqarolariga Germaniyaga kiriş vizasini oliş uçun biometrik xorijga çiqiş pasport talab etiladi, deb xabar berildi 5 noyabr kuni GFRning Rossiyadagi vakolatxonalari saytida. RFning biometrik bölmagan xorijiy pasportlaridan foydalaniş faqat ularda amaldagi Germaniya vizasi mavjud bölgan hollardagina mumkin böladi.

Şu bilan birga, joriy yilning 31 dekabrigaça Germaniyaning xorijdagi vakolatxonalari rossiyalik biometrik bölmagan pasport egalarini ham viza bilan ta’minlaşda davom etadi va bunday vizalar Germaniyaga kiriş va bölib turiş uçun qöşimça hujjatlarsiz qöllanişi mumkin, deyiladi keyingi xabarda. “Agar siz vizaga ariza bergan bölsangiz va u 2025 yil 31 dekabrgaça körib çiqilmagan bölsa, vizani oliş uçun qöşimça tarzda Rossiyaning biometrik xorijga çiqiş pasportini taqdim etişingiz kerak böladi”, — deb ma’lum qildi GFR elçixonasi.

2026 yil 1 yanvardan boşlab Germaniyaga yangi viza uçun ariza topşiriş yoki oldin berilgan ruxsatnomani uzaytiriş faqat RF biometrik pasportini taqdim etgan holda mumkin böladi. Şuningdek, Germaniyaga sayohat qiliş rejalaştirilgan bölsa, boşqa şengen mamlakatlari vakolatxonalarida viza rasmiylaştirişda ham xuddi şu qoidalar amal qiladi, deb qöşimça qildi Germaniya elçixonasi.

Biometrik pasportda hujjat egasining şaxsiy ma’lumotlari, jumladan, surat va barmoq izlari saqlanuvçi elektron çip mavjud. Uning amal qiliş muddati — biometrik bölmagan pasportlardagi 5 yil örniga 10 yil. Bundan taşqari, u yangi hujjat standartlarini tan olgan mamlakatlarga vizasiz yoki soddalaştirilgan tartibda kiriş imkoniyatlarini kengroq yaratadi.

Germaniya rasmiylari biometrik bölmagan xorijga çiqiş pasportiga ega va Germaniyaga safar qilmoqçi bölgan rossiyaliklarni biometrik hujjat rasmiylaştirişga çaqirdi. “Germaniya vizasini beriş böyiça mazmunan talablar özgarişsiz qoladi”, — deb qöşimça qildi GFR elçixonasi.

Şu kabi qarorlarni avvalroq Daniya, Çexiya, Fransiya, Estoniya, Latviya, Litva, şuningdek Şengen hududiga kiruvçi Islandiya ham qabul qilgan edi.