Quyi Saksoniya federal hududidagi Hannover şahri aeroporti 5 noyabr kuni keçqurun yaqinida dron aniqlangani sababli 45 daqiqaga işini töxtatdi. Dpa agentligi xabar berişiça, havo bandargohining faoliyati Berlin vaqti bilan soat 22:00 (6 noyabr kuni Toşkent vaqti bilan 02:00)da vaqtinça töxtatilgan.
Politsiya ma’lumotiga köra, bu holat qönişga yaqinlaşgan avialayner pilotlari dronni körib, aeroport xodimlariga xabar berganidan keyin sodir bölgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, dron yaqin atrofdagi sanoat hududi ustidan uçgan.
Natijada uçta samolyotni boşqa aeroportlarga yönaltirişga töğri keldi. Jumladan, Frankfurt-Mayndan uçib kelayotgan layner Hamburgga (Hannoverdan 152 km) yönaltirildi. Qolgan reyslar esa keçikişlar bilan qöniş va parvozlarni amalga oşirişga majbur böldi.
Sönggi bir neça hafta içida Germaniyadagi aeroportlar va muhim obektlar ustida dronlar bir neça bor kuzatilgan. Xususan, ular mamlakatning eng yirik aeroporti — Frankfurt-Mayn va ikkinçi yirik — Myunxen aeroporti işida uzilişlarga sabab bölgan, şuningdek, mamlakat şimolidagi Kil şahri uzra ham körilgan. Bild naşri politsiyaning maxfiy hisobotiga tayanib, Myunxenda körilgan uçiş apparatlari harbiy razvedka dronlari bölganini yozgan.
Sönggi kunlarda Berlin aeroportlari ustida ham dron payqaldi — 31 oktyabr kuni ular deyarli ikki soatga işni töxtatişga majbur bölgan. Bremenda 2 noyabr kuni aeroport taxminan bir soat normal faoliyat körsata olmagan.
Yevropaning qator davlatlaridagi aeroportlar va boşqa obektlar ustida ham dronlar bilan boğliq köplab hodisalar qayd etilgan. Masalan, Daniya aeroportlari, Şvetsiyaning eng yirik dengiz bazasi joylaşgan Karlskruna arxipelagi va Oslodagi harbiy obektlar uzra dron payqalgan. Belgiyada dronlar nafaqat aeroportlar, balki NATO bazasi ustidan ham uçib ötgan.
Uşbu epizodlar va şunga öxşaş boşqa holatlar fonida Daniya maxsus xizmatlari Rossiya Ğarbga nisbatan gibrid uruş olib borayotganini ma’lum qildi. Şu bilan birga, Yevropa uzra dronlar uçirilişiga RFning aloqadorligini isbotlovçi dalillar yöq. Mamlakat prezidenti Vladimir Putin esa bu ayblovlarni rad etib, dronlar uçun Yevropa şaharlarida maqsadli obektlar mavjud emasligini ta’kidlagan.











