Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

Putin yadro bombasi sinovlariga tayyorlanişni topşirdi

5 noyabr kuni Rossiya Xavfsizlik kengaşi yiğilişida qatnaşgan Vladimir Putin «agar boşqa davlatlar yadro sinovlarini boşlasa, Rossiya ham şunday qilişga tayyorligini» ma’lum qildi.

Putin xavfsizlik xodimlariga AQŞning yadro sinovlari bilan boğliq xabarlarni tekşirişni, agar u tasdiqlansa, Rossiyaning öz sinovlariga tayyorgarlik körişni buyurdi. Rossiya oxirgi marta 1990 yilda, hali SSSR tarkibida bölgan paytda yadro sinovlarini ötkazgan edi.

«Şu munosabat bilan maxsus xizmatlarga va tegişli fuqarolik idoralariga uşbu masala böyiça qöşimça ma’lumot töplaşni, uni tahlil qilişni hamda yadro qurol sinovlarini tayyorlaşni boşlaş imkoniyati yuzasidan muvofiqlaştirilgan takliflarni kiritişni topşiraman», degan Putin.

Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov Putinga AQŞning sönggi harakatlarini inobatga olib, töliq kölamli yadro sinovlariga darhol tayyorgarlik körişni maqsadga muvofiq deb aytdi.

Belousovga köra, Rossiyaning Novaya Zemlya orollaridagi sinov maydoni tayyorgarlik holatida va bu joyda qisqa muddat içida sinovlar ötkaziş mumkin.

Rossiya şimolida joylaşgan bu orollar majmuasida SSSR tarixdagi eng qudratli yadro portlaşi — «Tsar-bomba» sinovi ham ötkazilgandi.

Ruslarning bu bayonoti — AQŞ prezidenti Donald Trampning yadro bombasi sinovlari haqidagi e’lonidan keyin yangramoqda.

AQŞning raketa sinovi

AQŞ harbiy havo kuçlari Minuteman III turidagi yadro kallagini olib yuriş qobiliyatiga ega qit’alararo ballistik raketasini jangovar kallaksiz sinovdan ötkazdi.

Sinov parvozi Kaliforniyadagi Vandenberg Kosmik Kuçlari bazasidan amalga oşirildi. Raketa taxminan 6,7 ming km masofani bosib ötib, öz nişoniga yetib bordi. «GT 254 deb nomlangan uşbu sinov Amerika milliy mudofaasi tayançlaridan biri bölgan «Qit’alararo Ballistik Raketa» tizimining doimiy işonçliligi, jangovar tayyorgarligi va aniqligini baholaşga qaratilgan», deyiladi bayonotda.