Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev AQŞ poytaxtiga taşrif doirasida öziga ajratilgan qarorgohda Kongressning Vakillar palatasi a’zolari — Bill Xayzenga, Kerol Miller va Sidni Kamlager-Davni qabul qildi.

Uçraşuvda Özbekiston bilan AQŞ örtasidagi strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş, ikki mamlakat parlamentlarining amaliy hamkorligini kengaytiriş masalalari körib çiqildi. Qonun çiqaruvçi organlar örtasidagi aloqalar jadal rivojlanayotgani, Kongressda Özbekiston böyiça kokus samarali faoliyat yuritayotgani ta’kidlandi.

Tomonlar har yili Vakillar palatasida kokus kömagida ötkazilayotgan “Özbekiston kunlari” ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlaşga xizmat qilayotganini qayd etdi. Şu bilan birga, oliy darajada erişilgan kelişuvlarni, avvalo savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda amalga oşirişga Kongress qöllab-quvvatlovi muhim ekani ta’kidlandi.

Uçraşuvda hududlararo hamkorlikni kengaytirişga alohida e’tibor qaratildi. Kongress a’zolari vakillik qilayotgan Ğarbiy Virjiniya, Miçigan va Kaliforniya ştatlari bilan sanoat, infratuzilma, qişloq xöjaligi, ta’lim va boşqa yönalişlarda amaliy şeriklik loyihalarini işga tuşiriş masalalari muhokama etildi.

Yakunda AQŞ Kongressi vakillarining Özbekistonga taşrifini uyuştiriş, şuningdek, ikki mamlakat hududlari rahbarlari boşçiligidagi işbilarmon doiralar delegatsiyalarining özaro taşriflarini taşkil etiş böyiça kelişuvga erişildi.