Ukraina Qurolli kuçlari (QK) pozitsiyalariga 2024 yil yanvar oyida Zaporijjya viloyatida qilingan hujum paytida ukrain harbiy asirini öldirganlikda ayblangan Rossiya harbiy xizmatçisi Dmitriy Kuraşov umrbod ozodlikdan mahrum etildi. Bu qarorni 6 noyabr kuni Zaporijjyadagi Zavodskoy tuman sudi e’lon qildi, deb xabar berdi DW muxbiri sud zalidan. Kuraşov bir oy içida uşbu hukmga apellyatsiya tartibida şikoyat kiritişi mumkin. Hukmni sudyalar hay’ati — Olga Pogrebnaya, Alla Zavinovskaya va Ruslan Sinelnik çiqardi.
Eng oğir jazo — umrbod qamoqni prokuror Nikita Manevskiy söradi. “Ayblanuvçining qilmişga munosabati haqida biror narsa deyiş qiyin, çunki u heç qanday tuşuntiriş bermadi, — dedi Manevskiy oktyabrdagi munozaralar paytida. — Şu bilan birga, heç qanday tavba-nadomat alomatlari körinmadi — sud jarayoni davomida ayblanuvçi befarqlikdan boşqa narsani namoyon etmadi”.
Dmitriy Kuraşov sudda körsatma bermadi. Biroq uning himoyaçisi Anna Karpenko ayblanuvçi “qilgan işiga tanqidiy munosabatda” ekani, “çin dildan afsusda” ekani va jinoyat oçilişiga kömaklaşganini ta’kidlab, jazoni yengillaştirişni söradi. “Tergovdan oldingi bosqiçda mening mijozim hujum boşlanişidan avval qömondonlik asirlarga qanday muomala qilişni tuşuntirmaganini aytgan. Aksinça, hujum paytida heç kimni asirga olmaslik buyruği bölgan. Şu bois, menimça, Kuraşov özini buyruqni bajaryapman, deb öylagan”, — dedi advokat. Uning qöşimça qilişiça, Kuraşov şok holatida bölgan va QQ harbiysi taslim bölayotganini anglamagan. Himoyaçi Kuraşovga uruş qoidalari va urf-odatlarini buziş moddasi böyiça belgilangan minimal jazoni qöllaşni söradi.
26 yoşli “Stalker” taxallusli Kuraşov uruş qoidalari va odatlarini buziş, ya’ni qasddan odam öldirişda ayblandi. Ayblovga köra, 2024 yil 6 yanvar tongda Kuraşov bölgan Rossiyaning “Ştorm-V” otryadi Zaporijjya viloyati Pologovskiy tumanining Priyutnoye qişloği atrofidagi ukrain pozitsiyalariga hujum qildi. Bu pozitsiyalarni 127-alohida hududiy mudofaa brigadasi jangçilari uşlab turardi.
Ruslar pozitsiyani egallagaç, ukrain harbiylaridan biri — 41 yoşli Vitaliy G. qurolini taşlab, qöllarini kötarib çiqqan va Kuraşov talabi bilan tiz çökkan, deyiladi 2024 yil noyabrda öqilgan ayblov xulosasida. Öşanda Kuraşov asirni kamida uç marta nişonga olib otib öldirgani aytilgan.
Ilk majlisda Kuraşov aybini tan oldi, biroq körsatma berişdan boş tortdi. Tanaffusda jurnalistlarga u aybini “sud jarayonini tezlaştiriş uçun” tan olganini, çunki asirlar almaşinuviga umid boğlayotganini aytdi. Uning sözlariga köra, qurolsiz ukrain harbiysini göyo guruhning “Sedoy” taxallusli feldşeri otgan, u tez orada halok bölgan, öldirişning sababini esa jarohatlangan ukrain jangçisini davolaş imkoni bölmagani bilan izohlagan.












