Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

AQŞ—Markaziy Osiyo

6 noyabr kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Oq uyda Markaziy Osiyoning beş davlati: Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari bilan uçraşdi.

Tramp Markaziy Osiyoni «nihoyatda boy mintaqa» deb atab, AQŞning bu beş davlat bilan hamkorligini yanada mustahkamlaşni istaşini aytdi.

«Kun tartibimizdagi eng muhim masalalardan biri — strategik minerallar», dedi Tramp. «Sönggi haftalarda ma’muriyatim dunyo böylab ittifoqçilar va döstlar bilan bitimlar tuziş orqali AQŞning iqtisodiy xavfsizligini mustahkamladi, bu bizning strategik mineral ta’minot zanjirlarimizni kengaytiriş imkonini berdi».

Uçraşuv Markaziy Osiyoning boy tabiiy resurslari — uran, mis, oltin va «kamyob yer elementlari» uçun kuçayib borayotgan raqobat fonida ötdi. Ğarb davlatlari Moskva va Pekinga qaramlikni kamaytiriş maqsadida yangi ta’minot yöllarini izlayotgan bir paytda, AQŞ ham strategik minerallar bilan özini ta’minlaş uçun yangi şerikliklar izlamoqda.

Uçraşuv arafasida prezident Qosim-Jömart Töqayev Qozoğiston Isroil va musulmon davlatlari örtasida munosabatlarni normallaştirgan «Ibrohim kelişuvlari»ga qöşilişini bildirdi. Özbekiston esa Trampga Markaziy Osiyoda doimiy kotibiyat taşkil etişni taklif qildi.

AQŞ va C5 davlatlari vakillari strategik minerallar sohasida hamkorlik töğrisida bitimlar imzolaşi kutilmoqda.

Xususan, Qozoğiston va Özbekiston birgalikda dunyodagi uran işlab çiqarişning yarmidan ortiğini taşkil etadi — bu esa AQŞ atom energetikasi uçun muhim manba, çunki yadro energiyasi AQŞ elektr energiyasining sezilarli qismini ta’minlaydi.

Tramp ma’muriyati davrida AQŞ strategik minerallarni himoya qiliş va Xitoyga qaramlikni kamaytiriş uçun köp yönalişli strategiyani amalga oşirmoqda.

Isroil yana Livanga hujum qildi

Isroil harbiy havo kuçlari 6 noyabr kuni janubiy Livandagi bir neçta şaharlarni bombardimon qildi. Harbiylar bu amaliyotni «Hizbullohning qayta qurollanişiga yöl qöymaslik» degan bahona bilan oqlamoqda.