Oktyabr oyidagi parlament saylovlarida mağlubiyatdan söng iste’foga çiqqan oldingi hukumat koalitsiyasi vakillari bu harakatni «şarmandalik» deb atadi. Norozilik ifodasi sifatida ular parlamentdagi iş xonalarining oynalariga Ukraina bayroğini ilib qöydi.
«Çexiya Respublikasi — eng avvalo», — deb izohladi qaroriga Okamura. Internetda siyosatçining bayroqni oliş jarayonida boşqa bir odamga narvonni uşlab turgani aks etgan surat tarqatildi.
Okamura keskin öng qaraşli siyosatçi sifatida tanilgan, u ötmişda bir neça bor keskin şior va bayonotlari bilan e’tibor jalb qilgan. Çorşanba kuni «Erkinlik va töğridan töğri demokratiya» partiyasi yetakçisi Okamura parlament quyi palatasi spikerligiga kelajakdagi koalitsiya şeriklari — populist ANO harakati va Motoriste sobě partiyasi qöllovi bilan saylandi.
Okamura harakati faqat Çexiyada emas, mamlakat taşqarisida ham qoralandi. Ukraina Oliy Radasi spikeri Ruslan Stefançuk 7 noyabr keçasi X platformasida: «Yevropa mamlakati parlamentidan — xalqi Ukrainaga adolatli kuraşda yordam berib kelayotgan bir paytda — Ukraina bayroğini olib taşlaş — şubhali harakat», deb yozdi.
Rossiyaning Ukrainaga qarşi qurolli hujumi boşlangaç, Çexiya parlamenti binosiga Kiyev bilan hamjihatlik ramzi sifatida Ukraina bayroği ilingan edi. U Çexiya milliy bayroği, Yevropa Ittifoqi va Isroil bayroqlari qatorida turgan edi.












