Venesuela prezidenti Nikolas Maduro, agar AQŞ unga va uning qöl ostidagilariga amnistiya e’lon qilsa, uni qölga oliş uçun belgilangan mukofotni bekor qilsa va surgunda qulay hayot kafolatlasa, iste’foga tayyor. Bu haqda 6 noyabr kuni The Atlantic jurnali Venesuela rahbariyati kayfiyatidan “xabardor manbalar”ga tayanib xabar qildi. Manbalarga köra, Vaşington vakillari Maduroning “nazoratli tarzda ketişi” imkoniyatini unga va yaqin hamkorlariga xavfsizlik kafolatlari evaziga muhokama qilmoqda.
“Yetarli darajada bosim bölsa va taklif yetarliça jozibador bölsa, Maduro bilan barça variantlarni muhokama qiliş mumkin”, — deya muzokara doirasidagi manbaning sözlarini keltiradi The Atlantic. Jurnal qayd etişiça, Venesuela rahbari AQŞning kuçayib borayotgan harbiy bosimi şaroitida çiqiş yöllarini izlamoqda: AQŞ venesuelalik narkokartellarga qarşi uruş e’lon qilgan.
Bundan bir neça kun oldin AQŞ prezidenti Donald Tramp Nikolas Maduroning davlat rahbari sifatidagi kunlari sanoqli ekani haqida fikr bildirgan, bir vaqtning özida AQŞning Venesuela bilan uruş ehtimoliga şubha bildirgan edi. Maduro esa Tramp ma’muriyati tomonidan qöyilayotgan giyohvand savdosi böyiça ayblovlar Karakasda “rejimni almaştirişni majburlaş” va Venesuela neftini qölga kiritiş uçun bahona sifatida tilga olinayotganini aytdi.
Sentyabr boşidan Amerika harbiy kemalari xalqaro suvlarda harakatlanayotgan, Vaşington tomonidan venesuelalik narkokartellar bilan aloqador, deb gumon qilingan kemalarga doimiy zarbalar berib kelmoqda. Şu bilan birga AQŞ Venesuela qirğoqlari yaqiniga kiçik dengiz guruhini joylaştirdi va Puerto-Rikoga qiruvçilarni yubordi.
Sentyabr örtalarida Karakas öz hududiy suvlarida harbiy maşqlar ötkazgaç, qator OAV Trampning Venesuela bilan munosabatlarni yölga qöyiş urinişlarini töxtatganini xabar qildi. The New York Times’ning ma’lumotiça, Vaşingtonda mojaroni kuçaytirişning bir neçta ssenariylari işlab çiqilgan, jumladan Maduroni hokimiyatdan kuç bilan çetlatiş varianti ham bor.











