2025 yil 1 noyabr holatiga, Özbekistonning oltin-valuta zaxiralari 59,33 mlrd dollarni taşkil qildi. Zaxiralar qiymati ötgan oyga nisbatan 4,3 mlrd dollarga köp. Bu haqda Markaziy bank taqdim qilgan hisobotda keltirilgan.
Oktyabr oyi davomida zaxiralarning valuta qismi 731 mln dollarga oşgan bölsa, oltin qismining qiymati 3,6 mlrd dollarga oşib 47,8 mlrd dollargaça köpaygan.
Zaxiralar tarkibida oltinning fizik hajmi ham 11,6 mln troya unsiyadan 11,9 mln troya unsiyaga oşgan.
Jahon bozorida oltin narxlarining oşib borişi fonida yil boşidan beri Özbekistonning oltin-valuta zaxiralari sezilarli darajada köpaydi. 1 noyabr holatiga qayd etilgan qariyb 60 mlrd dollarlik zaxiralar – mamlakat uçun tarixiy rekord körsatkiçdir.
Bundan taşqari, Markaziy bank tomonidan xarid qilingan qimmatli qoğozlarning qiymati ötgan oyda biroz oşib, 1 mlrd 23 mln dollarga yetgan.
Oltin narxining yil boşidan beri keskin kötarilişi global bozorlar bilan bevosita boğliq. Fevral–may oylarida jahon miqyosida geosiyosiy tangliklar va AQŞ federal rezerv siyosati tufayli oltin keskin qimmatlaşdi.
Iyulda esa qisqa muddatli pasayiş kuzatildi. Avgust–sentabrda narx yana tiklanib, bu davrda 3,4 foiz ösiş qayd etildi. Tahlilçilar fikriça, bunday tendensiya mavsumiy talab va global iqtisodiy noaniqliklar bilan izohlanadi. 20 oktyabr kuni oltin narxi tarixda birinçi marta 1 unsiya uçun 4381 dollardan oşdi. Oy yakunida AQŞ va Xitoy örtasidagi savdo tarangligi yumşaşi haqidagi umidlar qimmatbaho metall narxining nisbatan arzonlaşa boşlaşiga sabab böldi.
Umuman olganda, oltin bahosi yil boşidan beri qariyb 50 foizga qimmatlaşdi.











