Yevropa Ittifoqining Rossiya fuqarolariga köp marta kirişga möljallangan Şengen vizalarini berişni taqiqlovçi yangi qoidalaridan alohida holatlarda gumanitar xarakterdagi sabablar asosida istisnolar qiliş mumkin. Bunday holatlar uçun maxsus qoidalar amal qiladi, deb 7 noyabr kuni Germaniya Taşqi işlar vazirligi DW tahririyati söroviga javoban tuşuntirdi. Yangiça çeklovlar zarurati Germaniya TIV tomonidan Rossiyaning Ukrainadagi tajovuzkor uruşi va Rossiyaning gibrid harakatlari YeI va uning a’zo davlatlari xavfsizligi hamda jamoat tartibiga tahdid solayotgani bilan izohlandi.

Yangi qoidaga köra, 2025 yil 10 noyabrdan boşlab, Rossiyada viza oliş uçun ariza topşirayotgan rossiyalik fuqarolarga kelgusida faqat qisqa muddatli amal qiliş muddatiga ega bölgan bir marotabalik Şengen vizalari beriladi.

Uşbu normani izohlar ekan, Germaniya Taşqi işlar vazirligi ta’kidlaşiça, xalqaro huquqni buzuvçi Rossiyaning tajovuzkor uruşi boşlanganidan beri Germaniya hukumati Şengen kelişuviga a’zo boşqa davlatlar bilan birgalikda Rossiyaga nisbatan yagona çeklovçi vizaviy siyosatni qöllab-quvvatlab keladi.

Avvalroq Politico naşri yozişiça, pandemiyagaça bölgan davrga nisbatan hozirgi paytda Rossiya fuqarolariga berilgan Şengen vizalar soni sezilarli darajada kamaygan. Bu pasayiş Şengenga kiruvçi turli davlatlar orasida turliça namoyon bölmoqda. Masalan, Italiya, Fransiya, Ispaniya, Gretsiya va Vengriya nisbatan köproq Şengen vizalari beradi, ularning katta qismi rossiyalik sayyohlarga töğri keladi. Yangi qoidalar bu vaziyatda özgarişlarga olib kelişi kutilmoqda.

Bryusselda bu yangi çoralar Ukrainadagi uruş tufayli Yevropa Ittifoqi mamlakatlari xavfsizligiga ehtimoliy xatarlarni kamaytiriş maqsadida arizaçilarni batafsil tekşiriş imkonini beradi, deb izohlandi.