Toşkent şahar MIB va uning hududiy bölimlari tomonidan amalga oşirilgan ijro harakatlari doirasida 63 ta ijro işi böyiça mulk egalari manfaati ta’minlandi. Tölovlar qonuniy hujjatlar asosida amalga oşirilib, yetkazilgan moddiy zararni qoplaşga yönaltirildi.

Joriy yilning ötgan davrida hududiy bölimlar iş yurituviga 2,8 trln sömlik talablarni öz içiga olgan 130 mingdan ortiq ijro hujjati qabul qilingan. Olib borilgan çora-tadbirlar natijasida 75 mingdan ortiq ijro hujjati tamomlandi va jami 538 mlrd sömdan ortiq mablağ undirildi.

Qöşimça ravişda, fuqarolar foydasiga 247,7 mlrd söm miqdorida undiruv ta’minlangan: şundan 6,4 mlrd sömdan ziyod iş haqi qarzlari va 241,3 mlrd söm yetkazilgan zarar qoplangan.