C5+1 sammiti «AQŞ va Qozoğiston, Özbekiston, Tojikiston, Qirğiziston va Turkmaniston örtasidagi ajoyib yangi munosabatlarni» boşlab berdi. Bu haqda AQŞ prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida yozdi.

«Men Oq uyda beşta ajoyib davlat prezidentlari - Qosim-Jömart Töqayev (Qozoğiston), Şavkat Mirziyoyev (Özbekiston), Emomali Rahmon (Tojikiston), Sadir Japarov (Qirğiziston) va Serdar Berdimuhamedov (Turkmaniston) bilan sammit ötkaziş şarafiga muyassar böldim.

Öttiz yil davomida ötmişdoşlarim Markaziy Osiyoning bu mamlakatlariga yetarliça e’tibor bermadi. Endi Yevropa, Osiyo va Yaqin Şarq çegarasida joylaşgan va muhim minerallar, uglevodorodlar va insoniy iste’dodlarning katta zaxiralariga ega bölgan uşbu strategik muhim mintaqa yetakçilari bu jarayonda töliq iştirok etiş niyatida bölgan AQŞ prezidentiga ega!», deb yozdi Tramp.

Uning ta’kidlaşiça, C5+1 sammiti davomida AQŞ mintaqa davlatlari bilan «aviatsiya, muhim minerallarni qazib oliş, qişloq xöjaligi, temir yöllar, avtomobilsozlik va texnologiyalar kabi sohalarda AQŞda ön minglab iş örinlarini yaratişga imkon beradigan köp milliard dollarlik tijorat kelişuvlari»ni imzolagan.