AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Venesuelada harbiy harakatlarning bir neçta variantlarini işlab çiqdi, deb xabar berdi The New York Times gazetasi manbalarga tayanib.
Birinçi variantga köra, AQŞ Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qöllab-quvvatlaşni susaytiriş uçun harbiy obektlarga havo hujumlari uyuştiradi. Rasmiylar fikriça, agar Maduro endi xavfsizlikda emasligini his qiladigan bölsa, qoçişga harakat qiladi, bu esa uni qölga tuşiriş imkonini oşiradi. Uşbu ssenariyga qarşilar esa Venesuela aholisi qiyin ahvolga tuşib qolgan yetakçi atrofida birlaşişi mumkinligidan xavotirda.
Ikkinçi variant şundan iboratki, AQŞ Venesuelaga «Delta» maxsus qöşinlarining elita bölinmasini yoki terrorizmga qarşi kuraşuvçi SEAL Team 6 dengiz piyodalari otryadini yuboradi. Ularning oldiga Maduroni qölga oliş yoki öldiriş vazifasi qöyilişi mumkin. Bunday holda, Tramp ma’muriyati Maduro mamlakatning qonuniy prezidenti emas, balki birinçi navbatda Cartel de los Soles narkokartelining rahbari ekanini ta’kidlab, xorijiy yetakçilarni öldirişga qöyilgan azaliy taqiqni çetlab ötişga harakat qiladi.
Uçinçi variantga köra, Venesueladagi aerodromlar va heç bölmaganda ba’zi neft konlari va infratuzilmalarini qölga kiritiş uçun Amerika aksilterror kuçlari yuboriladi.
NYT ta’kidlaganidek, sönggi ikkita variant AQŞ harbiylari uçun ança katta xavf tuğdiradi, ayniqsa, agar ular Maduroni Venesuela poytaxti Karakas kabi şahar şaroitida ta’qib qiladigan bölsa.
Donald Tramp amerikalik askarlarni xavf ostiga qöyadigan variantlarni körib çiqmoqçi emas. Şuning uçun işlab çiqilayotgan rejalarda dengiz dronlari va uzoq masofali qurollardan foydalaniladi. Bu variantlar noyabr oyi örtalarida Karib dengiziga beş mingga yaqin odam va 75 dan ortiq zarbdor, razvedkaçi va yordamçi samolyotlar, şu jumladan F/A-18 qiruvçi samolyotlari bölgan «Jerald R. Ford» aviataşuvçisi yetib kelganida yanada hayotiy bölişi mumkin.

US Navy/Cover-Images
Gazeta Tramp katta ehtimol bilan «Jerald R. Ford» aviataşuvçisi Venesuela qirğoqlariga yetib kelmagunça qaror qabul qilmasligini ta’kidlagan. NYT ma’lumotlariga köra, Tramp bundan keyin nima qiliş kerakligi va umuman harakat qiliş kerakmi yoki yöqligi haqida bir qarorga kelmagan. Prezident muvaffaqiyatsizlikka olib kelişi mumkin bölgan operatsiyalarni ma’qullamoqçi emas. Ammo uning köplab maslahatçilari Maduroni prezidentlikdan çetlatiş kerakligini ta’kidlamoqda.











