Prezident ta’kidladiki, mamlakatda örtaça umr davomiyligi sezilarli oşdi: erkaklar orasida — 71 yoşdan 73 yoşga, xotin-qizlar orasida — 76 yoşdan 77,5 yoşga.
«Albatta, maşaqqatli mehnat mahsuli bölgan bunday ezgu işlarimizda 600 mingdan ziyod jonkuyar tibbiyot xodimlarining munosib hissasi bor. Ularga qança minnatdorlik bildirsak, arziydi», — dedi davlat rahbari.
Tantana doirasida prezident mamlakatning yuksak unvon, orden va medallariga sazovor bölgan soha vakillariga mukofotlarni topşirdi. Mukofotlanganlar orasida dunyo nufuzli oliygohlarida ta’lim va tajriba orttirib, yurtimizga qaytib kelgan va yuqori texnologiyali muolajalarni amalga oşirayotgan yoş şifokorlar ham bor.
Şuningdek, davlat rahbari aholi salomatligini saqlaşda yaqindan kömak berib kelayotgan xorijiy hamkorlarga alohida hurmat-ehtiromini izhor etdi.











