Yevropa Ittifoqi va Lotin Amerikasi hamda Karib havzasi davlatlari hamjamiyati (CELAC) sammiti 9 noyabr kuni Kolumbiyaning Santa-Marta şahrida boşlandi. Tadbirning maqsadi — tomonlar örtasidagi şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş. Kun tartibiga, boşqa narsalar qatorida, iqtisodiy masalalar, uyuşgan jinoyatçilik va korrupsiyaga qarşi kuraş, giyohvand moddalar va odam savdosiga barham beriş masalalari kiritilgan.
Dpa agentligi xabariga köra, sammitda “xavfsizlik böyiça ittifoq” tuziş rejalaştirilmoqda. Uning doirasida a’zo davlatlar politsiyasi, adliya organlari va bojxona tizimlari öz faoliyatini yaqin hamkorlikda muvofiqlaştiradi.
Xususan, tergov işlarini ötkazişda idoralar örtasida hamkorlik qiliş, moliyaviy oqimlar ustidan nazoratni kuçaytiriş, şuningdek, çet eldagi noqonuniy aktivlarni qaytariş mexanizmlarini joriy etiş töğrisida söz bormoqda. Bundan taşqari, YeI va CELAC a’zolari jinoiy ta’qib va axborot almaşinuvi sohasida hamkorlikni kengaytiradi, kontrabanda tarmoqlari, odam savdosi va ekologik jinoyatçilikka qarşi kuraşni kuçaytiradi.
Sammitga kelgan YeIning taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallas bildirişiça, dengiz yöllarini himoya qiliş böyiça YeI dasturini ham kengaytiriş rejalaştirilgan. Bu axborot almaşinuvini yaxşilaşga va dengizdagi jinoyatçilikka qarşi kuraşişga yordam beradi, deya ta’kidladi u.
Şu bilan birga, YeI–CELAC sammiti AQŞ bilan Lotin Amerikasidagi ayrim mamlakatlar örtasida ösib borayotgan taranglik soyasida ötmoqda. AQŞning mintaqada ehtimoliy giyohvand moddalar savdogarlariga bir neça bor zarba bergani, şuningdek, Karib dengiziga harbiy kemalar yuborgani ortidan kuzatuvçilar harbiy töqnaşuv ehtimolidan xavotirda. Kaya Kallasning ta’kidlaşiça, “kuç işlatiş faqat ikkita asos bilan oqlanişi mumkin: yoki qonuniy özini himoya qiliş maqsadida, yoki BMT Xavfsizlik Kengaşi rezolyutsiyasiga binoan”.
AQŞ prezidenti Donald Tramp Venesuela rahbari Nikolas Maduroni giyohvand savdosini nazorat qilayotganlikda ayblamoqda. Şu bilan birga, Kolumbiya prezidenti Gustavo Petroni AQŞ rahbari “giyohvand moddalar savdosi oqsoqoli” deb atadi. Ilgari Petro AQŞ tomonidan Karib dengizi orqali giyohvand moddalarni AQŞga taşiş bilan şuğullanadi, deb hisoblangan qayiqlarga qarşi amalga oşirilgan harakatlarni “suddan taşqari jazolaş” deb baholagan edi.
YeI–CELAC sammitiga önga yaqin mamlakatlar davlat yoki hukumat rahbarlarini yubordi. Ular orasida Ispaniya boş vaziri Pedro Sançes, Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva va Yevropa Kengaşi raisi Antoniu Koşta bor. Germaniya nomidan taşqi işlar vaziri Yoxann Vadeful iştirok etmoqda.











