Donald Tramp ma’muriyati Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni ağdarişga jiddiy bel boğlagan. Allaqaçon harbiy bosqin rejasining bir neça variantlari işlab çiqilgan va hatto Karib dengizida kemalarning katta guruhi töplangan. Dastlab Tramp «Venesuela muammosi»ni kelişuv orqali hal qilmoqçi edi – ammo oxir-oqibat davlat kotibi va milliy xavfsizlik böyiça maslahatçi Marko Rubio mahkam uşlab olgan qat’iy yönaliş ustun keldi, deb yozadi The Atlantic.
2025 yil yanvarida AQŞ prezidenti lavozimiga qaytgan Donald Tramp diplomat Riçard Grenellni özining maxsus topşiriqlar böyiça elçisi etib tayinlagan va tez orada uni Venesuelaga jönatgandi. Tramp mahalliy muxolifatçi Xuan Guaydoni Venesuelaning vaqtinçalik prezidenti deb tan olgan, Venesuela rahbari Nikolas Maduro esa bunga javoban munosabatlar uzilişini e’lon qilgan 2019 yildan beri AQŞ uşbu davlat bilan rasman diplomatik aloqalarga ega emas.
Grenellga Maduro bilan norasmiy aloqalar örnatiş topşirilgandi. Asosiy maqsadlar uçta edi: Amerika kompaniyalarining Venesuela resurslariga (birinçi navbatda neftga) kirişiga erişiş, giyohvand moddalar savdosiga qarşi kuraşda hamkorlikni yölga qöyiş va AQŞda böliş uçun qonuniy asosga ega bölmagan venesuelaliklarni deportatsiya qiliş böyiça kelişuvga erişiş.
Trampning birinçi muddatida (2017–2021) ham Grenell Maduroning «tinç yöl bilan hokimiyatdan ketkazilişi» böyiça kelişib olişga harakat qilgan, ammo bu muzokaralar barbod bölgandi.
AQŞ davlat kotibi hamda prezidentning milliy xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi Marko Rubio Maduro bilan umuman heç qanday muzokara olib bormaslik, faqat unga kuç bilan bosim ötkaziş va Venesueladagi rejimni özgartirişga erişiş kerak, deb hisoblaydi.
Tramp Oq uyga qaytişi bilan uning ma’muriyati Lotin Amerikasidagi bir qança uyuşgan jinoiy guruhlarga, jumladan, Venesueladagi Tren de Aragua guruhiga «xorijiy terrorçilik guruhi» maqomini bergandi. Rubio bu guruhni amalda Maduroning özi va uning atrofidagilar nazorat qiladi, deb hisoblaydi. Amerika razvedkasi bunga dalillar topa olmagan – şu tufayli may oyida Milliy razvedka kengaşi rahbari vazifasini bajaruvçi Maykl Kollinz va uning örinbosari Mariya Langan-Rikhof lavozimidan ayrilgandi.
The Atlantic ma’lumotiga köra, Rubio Trampni Venesuela böyiça yondaşuvini qayta körib çiqiş kerakligiga işontiriş uçun Maduroni narkobaron va migratsiya inqirozi uçun aybdor sifatida tasvirlaşga kirişgan. Natijada Venesuela muammosi Trampning nazarida taşqi siyosatdagi içki siyosat masalasiga aylangan.











