Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) Ukraina harbiy razvedkasi va uning «britaniyalik kuratorlari» tomonidan çegaradan taşqariga Rossiyaning gipertovuşli «Kinjal» havo-ballistik raketaci taşuvçisi bölgan MiG-31 samolyotini olib qoçişga qaratilgan operatsiyani barbod etganini ma’lum qildi. FXXning Jamoatçilik bilan aloqalar markazi 11 noyabr kuni xabar berişiça, Ukraina Mudofaa vazirligi qoşidagi Boş razvedka boşqarmasi (GUR) xodimlari rossiyalik uçuvçilarga hamkorlik uçun 3 million AQŞ dollari va’da qilgan.

FXX ma’lumotiga köra, şundan söng ukrain maxsus xizmati «Kinjal» raketaci örnatilgan samolyotni Ruminiyaning Konstansa şahrida joylaşgan, janubi-şarqiy Yevropadagi eng yirik NATO aviabazasi hududiga yönaltirişni rejalaştirgan, u yerda samolyot havo hujumidan mudofaa (HHM) vositalari tomonidan urib tuşirilişi mumkin edi.

FXX, şuningdek, MiGni öğirlaş operatsiyasiga Bellingcat xalqaro tadqiqot guruhi ham göyo jalb etilganini bildirdi. 2024 yilda MiG-31 qömondoni bilan özini Bellingcat jurnalisti Sergey Lugovskiy deb taniştirgan şaxs boğlanib, press-kartasini körsatgan va material uçun ma’lumot töplayotganini aytgan, deya «Rossiya 24» telekanali efirida ma’lum qilgan FXX vakili.

Uçuvçi hamkorlikdan boş tortgaç, qiruvçi samolyot şturmaniga noma’lum şaxs pul va xorij fuqaroligini va’da qilib, samolyotni olib qoçişni taklif etgani aytilmoqda. FXX relizida qayd etilişiça, rossiyalikka «operatsiyaga Ukraina oliy rahbariyati, yevropalik şeriklar va Britaniyaning SIS xizmati kuratorlik qilayotgani» ma’lum qilingan, qömondonning kislorod niqobiga zahar surib qöyiş va şundan söng «Kinjal»li qiruvçini Odessa hamda Ruminiyadagi NATO aviabazasi tomon yönaltiriş söralgan.

«Muvaffaqiyatli qoçiş» misoli sifatida şturmanga rossiyalik harbiy uçuvçi Maksim Kuzminov surati yuborilgani aytilmoqda. 2023 yilda Kuzminov Mi-8 vertolyotini Ukrainaga olib qoçgan, keyin Ispaniyaga köçib ötgan va u yerda keyinroq jonsiz holda topilgan edi. FXXga köra, MiG-31ni öğirlaş operatsiyasi 2025 yil 4 noyabrda ötkazilişi rejalaştirilgan bölgan.

Bu ma’lumotni mustaqil manbalar tasdiqlagani yöq. Ukraina razvedkasi hozirça FXX bayonoti yuzasidan izoh bermadi.

«Kinjal» — Moskva gipertovuşli deb ataydigan havodan uçiriladigan ballistik raketa bölib, juda yuqori tezlikka çiqişi va parvoz trayektoriyasini manyovr qiliş imkoniyati tufayli HHM tizimlari uçun kuzatişni qiyinlaştiradi.