Mutaxassislar bahosiça, Ukraina havo mudofaasiga doir vaziyat oktyabr oyida sezilarli darajada yomonlaşdi. «Rossiya Ukraina havo mudofaasini çetlab ötişi va kritik infratuzilmaga zarar yetkazişga muvaffaq bölayotgani holatlari köpaymoqda», — deyiladi 10 noyabr kuni e’lon qilingan oylik Monitor Luftkrieg Ukraine hisobotida.
Europäischer Austausch notijorat taşkiloti va Konrad Adenauer jamğarmasi çop etgan hisobotga köra, oktyabr oyida Rossiya qöşinlari Ukraina şaharlari va fuqarolik obektlariga 5298 ta uçuvçisiz uçiş apparati yordamida hujum qilgan, bu kuniga örtaça 170 tadan dron demakdir. Bu ötgan oyga nisbatan 6 foiz kam. Eng yuqori körsatkiç iyul oyida qayd etilgan — deyarli 6300 ta dron. Avgustdan beri dronlar qöllanişi biroz qisqargan, bunga RF öz işlab çiqariş maqsadlariga yeta olmayotgani sabab qilib körsatiladi.
Şu bilan birga, naşr ta’kidlaşiça, Rossiya dronlar va raketalarni qöşib, yuqori şiddatli tarkibiy zarbalar orqali Ukraina HHMni bosim ostida qoldirişga harakat qilmoqda va qiş fasli oldidan mintaqaviy miqyosdagi kiçik energiya obektlarini ham köproq nişonga olmoqda.
Monitor Luftkrieg Ukraine ma’lumotlariga köra, yil davomida Rossiya raketalari va dronlarini yöq qiliş körsatkiçlari sezilarli darajada pasaydi. Oktyabr oyida Ukraina HHM fevral oyidagi deyarli 100 tadan farqli ravişda 1077 ta dronni yöq qila olmadi. Dronlarni yöq qiliş uluşi 80 foizgaça tuşib ketdi — bu 2024 yil boşidan beri eng yomon körsatkiç bölib, öşanda Ukraina havo mudofaasi ta’minotda jiddiy muammolarni boşdan keçirgan edi.
Bundan taşqari, ekspertlar yozişiça, Rossiya dronlarga nisbatan ança katta halokat kuçiga ega bölgan raketalardan ham tobora köproq foydalanmoqda. Oktyabrda 162 ta qanotli raketaga qöşimça ravişda 108 ta ballistik raketa qöllangani qayd etildi — bu ötgan oyga nisbatan uç barobardan köp.
Hisobotga köra, ötgan oyda «Iskander-M» va «Kinjal» turidagi ballistik raketalarni yöq qiliş koeffitsiyenti taxminan 15 foizni taşkil etgan. Yoz faslida bu körsatkiç 40–50 foizgaça yetgan edi. Umuman olganda, oktyabr oyida 1213 ta raketa yöq qilinmay qolgan, fevral oyida esa bu körsatkiç atigi 145 ta edi.













