10 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:00 atrofida Hyundai i20 rusumli avtomobil tarixiy qal’a yaqinida joylaşgan metro bekatiga kiraverişdagi gavjum köçada svetoforda turganida portlab ketgan. Maşina içida uç kişi bölgan. Portlaş tölqini atrofdagi avtomobillarga ham zarar yetkazgan, bir neça maşina va motorikşalar yonib ketgan.
Eski Dehli hududidagi Qizil qal’a (yoki Lal-Qal’a) – 17 asrda Boburiylar imperiyasi davrida qurilgan bölib, sayyohlar orasida maşhur.
Har yili an’anaga köra, 15 avgust kuni Hindiston Mustaqillik kunida Hindiston boş vazirlari Qizil qal’a istehkomidan turib xalqqa murojaat qilişadi.
Guvohlarning sözlariga köra, maşina köçada sekin harakatlanib kelib, svetoforning qizil çiroğida töxtagan va portlaş sodir bölgan.

Portlaş hududi politsiyaçilar tomonidan örab olingan.
Hindistonning NDTV telekanali ma’lumotiga köra, uşbu avtomobil egasi qölga olingan. The Times of India naşri qayd etişiça, uşbu avtomobil bir neça marta qöldan qölga ötgan – bu esa avtomobilga örnatilgan qölbola bomba bilan terakt sodir etadigan terrorçilarga xos usul hisoblanadi.
Hindiston poytaxtida kuçaytirilgan trevoga e’lon qilingan, boşqa ştatlarda, xususan, Toj Mahal joylaşgan Uttar-Pradeş va Hindistonning moliyaviy poytaxti Mumbayda ham xavfsizlik çoralari kuçaytirildi.
Mamlakat boş vaziri Narendra Modi halok bölganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.
Içki işlar vaziri Amit Şoh seşanba kuni ertalab uning idorasining yuqori martabali xodimlari yiğilişi ötkazilişini aytdi.
«Biz barça ehtimoliy versiyalarni örganmoqdamiz va batafsil tekşiruv ötkazamiz. Hodisaning barça versiyalari örganiladi va biz uning natijalarini jamoatçilikka taqdim etamiz», – degan u.











