Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Aş-Şar’a Oq uyda
10 noyabr kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Vaşingtonda Suriya prezidenti Ahmad aş-Şar’a bilan tarixiy muzokaralar ötkazdi. Tramp uçraşuvdan söng Suriyani muvaffaqiyatli davlatga aylantiriş uçun «qölidan kelgan barça işni qilişga» va’da berdi.
Şar’a diktator Başar Asadni ağdarib, hokimiyatni egallagani keyin yaqinda Kremlga borgan edi, oldinroq Yevropa davlatlariga ham taşrif buyurdi va BMTda çiqiş qildi. AQŞga esa Braziliyadagi sammit keyin yetib keldi. Ilgari özining boşi uçun 10 million dollar mukofot e’lon qilgan davlatga prezident ölaroq rasmiy taşrif esa, bu yilda Suriya diplomatiyasining eng çöqqisi böldi.
Reutersʼga köra, Şar’aning taşrifi davlati mustaqillikka erişganidan buyon, ya’ni deyarli 80 yildan beri ilk marta Suriya rahbarining Oq uyga taşrifi böldi.
Şar’a kutilgan dabdaba bilan emas, oddiy tarzda kutib olindi — Oq uyning asosiy kirişidan emas, yon eşikdan kirdi. Jurnalistlar uni faqat qisqa daqiqa köra oldilar. Uçraşuv tafsilotlari ham rasman oçiqlanmadi.
«U juda «oğir joy»dan kelgan va özi ham qat’iy inson. U menga yoqdi. Biz Suriyaning yangi prezidenti bilan yaxşi til topişdik. Uning ötmişi «oğir» bölgan. Ammo oçiğini aytganda, agar insonning qiyin ötmişi bölmasa, u heç narsaga erişa olmaydi. U Erdöğan bilan juda yaxşi çiqişadi. U esa Suriyada röy berayotgan jarayonlarni qöllab-quvvatlaydi. Biz Suriyani işlaydigan tizimga aylantirişimiz kerak», — dedi Tramp.
Şar’a Vaşingtonga kelişining asosiy maqsadi eng oğir AQŞ sanksiyalarini töliq bekor qildiriş edi. Tramp bilan yopiq eşiklar ortida uçraşgan paytda, AQŞ Moliya vazirligi «Tsezar qonuni» böyiça sanksiyalar ijrosini töxtatiş muddati yana 180 kunga uzaytirilganini e’lon qildi. Ammo sanksiyalarni butunlay bekor qiliş vakolati faqat Kongressga tegişli.
Suriya axborot vazirligiga köra, Damaşq yaqinda AQŞ boşçiligidagi «IŞIDga qarşi global koalitsiya» bilan siyosiy hamkorlik deklaratsiyasini imzolagan.
Tarixiy uçraşuvdan bir neça soat oldin Yaqin Şarqdagi manbalar «IŞID »ning Şar’ani öldirişga qaratilgan ikki fitnasi sönggi oylar içida foş etilganini bildirdi.










