Bonnda 10 noyabr kuni Afğonistonning boş konsulxonasi yana faoliyatini boşladi — bu safar mamlakatda hokimiyat tepasiga kelgan «Tolibon» harakati yuborgan vakil bilan. Afğoniston boş konsulxonasi faoliyati qayta tiklangani haqida avvalroq Kobuldagi taşqi işlar vazirligi ijtimoiy tarmoq X orqali xabar bergan.

Germaniya rasman Afğonistondagi toliblar hukumatini tan olmagan, biroq bundan oldin ular vakillari bilan muzokaralar ötkazgan. GFR hukumati Bonndagi toliblar konsulxonasi Germaniyada noqonuniy bölib turgan afğon fuqarolarini vataniga qaytarişda kömaklaşişiga umid qilyapti. Afğoniston boş konsulxonasi Myunxenda ham oçilgan. Bundan taşqari, Berlinda Afğoniston elçixonasi faoliyat yuritmoqda.

Bundan avval GFR hokimiyati Bonn va Berlindagi dipvakolatxonalarni nazoratga olişi uçun ikki tolib-diplomatga kirişga ruxsat bergan edi. Germaniyaning jamoat-huquqiy mediakompaniyasi ARD öz jurnalistik suriştiruviga tayanib, tolib-diplomatlar Bonnda yaşovçi afğonlar bilan aloqalar örnatganini xabar qildi. ARD ma’lumotiça, Bonnda öz konsulxonasini oçiş toliblar uçun muhim bölgan, çunki bu Afğonistonning Germaniyada ular nazoratida bölmagan sönggi dipvakolatxonasi edi.

Bonnda konsulxona oçilişi qoçqinlarga yordam tarafdori bölgan Seebrücke harakati norozilik aksiyalari bilan kuzatildi. Harakat faollari GFR hukumatidan toliblar bilan diplomatik munosabatlarni töxtatişni va yangi boş konsul Said Mustafo Hoşimiyni Germaniyadan çiqarib yuborişni talab qilmoqda.

Bonndagi Afğonistonning sobiq boş konsuli, «Tolibon»ga qarşi bölgan Hamid Nangialay Kabiri oktyabr oyi boşida, jumladan, Germaniya TIV tomonidan körsatilgan bosim sabab, iste’foga çiqişga majbur bölgan. Şundan söng Germaniya toliblarga vakolatxonani topşirişga ruxsat bergani qaroriga qarşi işora sifatida boşqa barça xodimlar ham konsulxonani tark etgan. Tolib vakillari kelişi munosabati bilan Kabirining videomurojaatida bu qaror yöl qöyib bölmas iş ekani, Afğoniston fuqarolariga doir maxfiy hujjatlar va ma’lumotlar xavfsizligiga jiddiy tahdid tuğdirişi ta’kidlangan.

Dpa agentligi ma’lumotiça, sobiq boş konsul Hamid Nangialay Kabiri Germaniyadan boşpana sörab ariza topşirgan, bu arizaning muvaffaqiyat qozonişi ehtimoli mavjud.

ARD ta’kidlaşiça, Bonndagi konsulxona bilan birga toliblar u yerda saqlanayotgan maxfiy ma’lumotlarga ham kira oladi. Ilgari uşbu dipvakolatxona Yevropada, Kanadada va Avstraliyadagi Afğoniston elçixonalari va konsulxonalarining IT tizimlari uçun uzel (hab) vazifasini bajargan. Bu ma’lumotlar toliblar qöliga tuşişi qoçqinlar hamda Afğonistondagi ularning oilalariga zarar yetkazişi mumkinligi borasida jiddiy xavotirlar mavjud.