Hindiston dekabr oyida yetkazib beriş uçun Rossiya nefti xaridlarini qisqartirdi, deb yozadi Bloomberg 11 noyabr kuni. Uning ma’lumotiça, bu «ğarb sanksiyalari va AQŞ bilan savdo muzokaralari xaridlar tuzilmasiga jiddiy ta’sir qilayotganidan dalolat beradi».

Manbalarga tayanib xabar qilinişiça, odatda joriy oyning 10 kuniga qadar amalga oşiriladigan jarayonga zid ravişda, bir yöla beş yirik NQZ kelasi oy uçun Rossiya neftini sotib oliş böyiça buyurtma bermagan. Qayd etilganidek, bu özgariş AQŞ prezidenti Donald Tramp Hindiston import tovarlariga bojlarni 50 foizgaça oşirgani va keyinçalik Kreml tomonidan Ukrainada uruş töxtatilmagani bois «Lukoyl» hamda «Rosneft»ga nisbatan sanksiyalar joriy etganidan söng röy berdi.

Bloomberğning Kpler tahlil kompaniyasi ma’lumotlariga tayanib yozişiça, beş neftni qayta işlaş kompaniyasi — Reliance Industries Ltd., Bharat Petroleum Corp. Ltd., Hindustan Petroleum Corp. Ltd., Mangalore Refinery and Petrochemicals Ltd. va HPCL-Mittal Energy Ltd. «joriy yilda Hindistonning Rossiya nefti importi uçdan ikki qismini ta’minlagan». Şu bilan birga, aynan şu kompaniyalar dekabr oyi uçun Rossiya neftidan voz keçgan-keçmagani körsatilmagan. Dekabrga «ma’lum miqdorda Rossiya nefti»ni faqat ikki qayta işlovçi sotib olgani aytilgan: Indian Oil Corp — sanksiyalar röyxatiga kirmagan sotuvçilardan — va qisman «Rosneft»ga tegişli Nayara Energy Ltd.

2 noyabr kuni Reuters agentligi manbalariga tayanib, AQŞ, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya Rossiya neft sektorini nişonga olgan sanksiyalar joriy etgandan keyin, Turkiyadagi NQZ Iroq va Qozoğistondan köproq neft xarid qila boşlaganini yozdi. Suhbatdoşlar agentlikka Turkiyaning ikki yirik NQZsiga ega Tupras kompaniyasi yaqin orada zavodlardan biri uçun Rossiya neftini import qilişni butunlay töxtatişi mumkinligini taxmin qilgan.

10 noyabr kuni esa AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vens va davlat kotibi Marko Rubio Turkiya taşqi işlar vaziri Xoqon Fidan bilan uçraşuvda Vaşingtonning NATOdagi barça ittifoqçilarini Rossiya energetika manbalarini xarid qilişni töxtatişga yana bir bor çaqirdi. «Qöşma Ştatlar, şuningdek, Ukrainada davom etayotgan uruşni töxtatişga yordam beriş maqsadida, prezident Trampning barça NATO ittifoqçilariga Rossiya energiya manbalarini xarid qilişni töxtatiş böyiça çaqiriğini yana bir bor ta’kidladi», — deyilgan AQŞ Davlat departamenti saytida e’lon qilingan press-relizda.