Rossiya Boş prokuraturasidagi manbaga tayangan holda TASS agentligining 10 noyabr kuni xabar berişiça, Kunsevo tuman sudiga kiritilgan da’vo arizasida Kibovskiy va uning turmuş örtoğining 2010–2024 yillardagi rasmiy daromadi 211 million rublni taşkil etgani körsatilgan. Şu bilan birga, 2014 yildan boşlab u umumiy 226,7 million rubl qiymatida köçmas mulk va ikkita avtomobil sotib olgan, jumladan Moskva va Moskva viloyatidagi yettita kvartira turmuş örtoği, uning otasi va “işonçli şaxs” nomiga rasmiylaştirilgan.
Aleksandr Kibovskiy bilan birga 100 million rubl miqdorida pora oliş işida figurant sifatida Andrey Nerodenkov ham tilga olinadi, TASS uni Kibovskiyning “işonçli şaxsi” deb atagan. Boş prokuratura ma’lumotiça, Kibovskiy bilan taniş bölganidan söng Nerodenkov va uning oila a’zolari nomiga “zarur legal daromad mavjud bölmagan holda” 1 mlrd rubldan ortiq qiymatdagi mulk rasmiylaştirilgan.
17 iyul kuni Rossiya Terguv qömitasi (TQ) matbuot xizmati Aleksandr Kibovskiy qölga olinganini ma’lum qilgan. TQning rasmiy vakili Svetlana Petrenko aniqlaştirişiça, unga Rossiya JK 290-moddasi 6-qismi böyiça pora olişning sakkiz epizodi va JK 30-moddasi 3-qismi, 159-moddasi 4-qismi böyiça firibgarlikning bir epizodi ayblovi qöyilgan.
“Tergov ma’lumotlariga köra, Kibovskiy pora evaziga tijorat taşkilotlariga davlat şartnomalarini tuzişda kömaklaşgan. Bunda u boşqa jinoyatçilar bilan uyuşgan guruh tarkibida iş yuritgan. Dastlabki hisoblarga köra, olingan poralar umumiy summasi 100 mln rubldan ortiq”, — deyilgan press-relizda.
Şu kuni Moskva şahri Zamoskvoretskiy tuman sudi sobiq amaldorni tergov hibsxonasiga joylaştiriş töğrisida qaror çiqargan.

















