Kirish turizmidagi barqaror o‘sish qator omillar bilan izohlanadi: vizalar tartibining soddalashtirilishi, to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar geografiyasining kengayishi hamda O‘zbekiston turizmining xalqaro maydonda faol targ‘iboti samara bermoqda.
Eng ommabop yo‘nalishlar sirasida an’anaviy ravishda Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent yetakchilik qilmoqda. Shu bilan birga, ekologik va gastronomik turizmga qiziqish sezilarli oshib, tobora ko‘proq mehmonlar Farg‘ona vodiysi va mamlakat janubiga sayohatni tanlamoqda.







