2026 yilda 56 dona vagonni harid qiliş közda tutilgan, deb xabar berdi «Toşkent metropoliteni» DUK. Ta’kidlanişiça, buning natijasida tasarrufdagi harakat tarkiblarini yangilanişiga hamda yönalişlarda poyezdlar oraliq intervalini qisqartirişga erişiladi.
Metropoliten rahbariyati ijtimoiy tarmoqlarda metrodagi tiğizlik muammolari haqidagi xabarlarga izoh berarkan, sönggi 6 yil davomida qöşimça 33 km metro yönalişlari va 21 ta yangi bekat qurib, foydalanişga topşirilganini ma’lum qildi. Buning natijasida metropoliten bekatlari soni jami 50 taga hamda yönalişlar uzunligi 71 kmga yetdi.
2021 yil bir kunda 280-300 ming yölovçiga xizmat körsatilgan bölsa, 2024 yilda bu körsatkiç 920-930 mingni taşkil qildi va bugun bu son bir kunda 1 milliondan ortmoqda.
Yölovçilar sonining ortib borişi sababli yuzaga kelişi mumkin bölgan tirbandliklarni oldini oliş hamda yölovçilarning bir manzildan boşqa manzilga boriş vaqtlarini qisqartiriş maqsadida sönggi 3 yilda tiğiz vaqtda (7:30 dan 9:00 gaça) harakat tarkiblarining yölovçi taşiş böyiça oraliq vaqti (interval) qisqartirilgan.












