Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva majlisni oçib, ayollarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini oşiriş, davlat boşqaruvidagi örnini mustahkamlaşga qaratilgan işlarga töxtalib ötdi. Uning ta’kidlaşiça, mintaqada ayollar roli oşişi tinçlik, barqarorlik va iqtisodiy ösiş kafolatlaridan biridir.

Yiğiliş Pekin deklaratsiyasi va Harakatlar platformasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan mazkur xalqaro hujjatlarda belgilangan ustuvor maqsadlarni mintaqaviy hamkorlik orqali amalga oşirişga yönaltirilgan. Uşbu hujjatlar ayollarning siyosiy iştirokidan tortib gender zöravonlikka qarşi kuraş, ta’lim, soğliqni saqlaşga teng huquqli kiriş va ekologik hamda iqlim siyosatdagi iştirok kabi 12 ta yönalişni qamrab oladi.

Majlis doirasida 5 ta sessiya ötkazilib, quyidagi mavzular muhokama etilmoqda:

  • qaror qabul qiliş jarayonlarida ayollar iştiroki;
  • ayollar tadbirkorligi — iqtisodiy ösiş va ijtimoiy barqarorlik manbai;
  • ta’lim va reproduktiv salomatlik siyosati;
  • innovatsiyalar, OAV va iqlim siyosatidan ayollar iştiroki;
  • xotin-qizlarga nisbatan zöravonlikka qarşi kuraş va huquqiy himoya.

Yakunda parlamentlararo taşabbuslar böyiça yakuniy hujjat, mintaqaviy hamkorlikning yöl xaritasi, yillik monitoring va tajriba almaşiş tizimini joriy etiş rejalaştirilgan.