Norvegiya dunyodagi eng yirik, 1,7 trln yevrodan ortiq aktivlarga ega suveren farovonlik fondini Ukrainaga Yevropa Ittifoqi tomonidan beriladigan önlab milliard yevro kreditni ta’minlaş (kafolatlaş) uçun işlatmaydi. Bu haqda 12 noyabr kuni mamlakat boş vaziri Yonas Gar Styore TV 2 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Moliya vaziri va NATOning sobiq boş kotibi Yyens Stoltenberg NRK radiostansiyasiga tasdiqlaşiça, mamlakatning butun kredit summasi böyiça kafolat berişi haqida taklif bor, biroq hozirça Oslo buni rejalaştirmayapti. Şu bilan birga, Norvegiya Kiyevga bunday kredit ajratişda Yevropada muzlatilgan RF moliyaviy aktivlari hisobidan iştirok etişi mumkin — ammo bu YeIning qanday taklif kiritişiga boğliq, dedi Stoltenberg.

Ukrainaga qarşi uruş munosabati bilan YeIda Rossiya Markaziy banki aktivlaridan taxminan 200 mlrd yevro muzlatilgan. Uşbu mablağlardan tuşgan foiz daromadlari hozirning özida Ukrainaga qurol-yaroğ va öq-dori yetkazib berişni moliyalaştirişga yönaltirilmoqda. Sentyabr oyi oxirida Yevrokomissiya uşbu aktivlar hisobidan Kiyevga 170 mlrd yevrogaça «reparatsion kreditlar» ajratişni taklif etdi. YeK rahbari Ursula fon der Lyayyen bu sxema Ukrainaga qöllab-quvvatlaşni hoziroq boşlaşga imkon berişini, kreditlar esa faqat Rossiya uruş oqibatlari uçun tovon tölaşga rozi bölsa, qaytarilişi lozimligini aytdi. Bu ğoyani Germaniya kansleri Fridrix Mers qöllab-quvvatladi.

Oktyabr boşida mazkur sxema asosida «reparatsion kredit» rejasini Yevrokomissiya taqdim etdi. Qarz Kiyevning harbiy va moliyaviy ehtiyojlariga yönaltirilişi közda tutilgan edi. Biroq 23 oktyabr kuni Bryusseldagi YeI sammitida Belgiya buga qarşi çiqdi. Ayni şu mamlakatda muzlatilgan RF MB aktivlarining asosiy qismi saqlanayotgan Euroclear depozitariyi joylaşgan. Belgiya hukumati bunday qadamning huquqiy oqibatlaridan xavotirda.

Keyinroq YeI a’zosi bölmagan, biroq yaqin hamkor Norvegiyani — Ukraina uçun Yevropa Ittifoqi kreditiga kafolatçi sifatida jalb etiş ğoyasi paydo böldi. Daniya va qator boşqa Yevropa mamlakatlarida Oslo «uruşdan foyda körmoqda», degan qaraşlar yangradi — Norvegiya ittifoqdoşlarga katta hajmda neft va gaz sotmoqda. Bu ğoya tarafdorlari Ukraina kreditini ta’minlaş vaziyatni muvozanatlaştirişga yordam berişi mumkinligini ta’kidladi, deb yozgan The Times. Taşabbus Norvegiya parlamentida ham qöllab-quvvatlandi — töqqiz partiyadan törttasi yon bosdi.

Avvalroq Yevrokomissiya RF muzlatilgan aktivlaridan Ukrainaga yordamni moliyalaştirişda foydalanişdan voz keçiş oqibatlari haqida hisobot tayyorlagandi. Hujjat dekabr oyidagi ittifoq yetakçilari sammiti oldidan YeI a’zo mamlakatlariga yuborilgan.