Özbekiston prezidentining 2024 yil 17 oktyabridagi 367-sonli “Çet elda mehnat faoliyati jarayonlarini tartibga soliş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoni ijrosi doirasida Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari Olimjon Abdullayev Rossiya Federatsiyasining Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Aleksey Yerxov bilan uçraşuv ötkazdi.

Muloqotda Özbekiston fuqarolarining Rossiyada mehnat migratsiyasini tartibga soliş masalalari batafsil körib çiqildi. Xususan, tomonlar “pilot loyiha”ni qayta yölga qöyiş, migratsiya tartib-taomillarini, tibbiy körikni va rus tili imtihonini Toşkent va Jizzaxdagi Rossiya oliy öquv yurtlari filiallariga köçiriş yuzasidan fikr almaşdi.

Şu bilan birga, rus tili, tarixi va qonunçiligi böyiça öquv markazlarini taşkil etiş, kasbiy ta’lim tizimida öqituvçilar va işlab çiqariş xodimlarini tayyorlaşga Rossiyadan mutaxassislarni jalb etiş masalalari muhokama qilindi.

Uçraşuvda migratsiya reydlari jarayonida Özbekiston fuqarolarining huquqlari buzilişi yoki kamsitilişiga yöl qöymaslik zarurligiga alohida urğu berildi.

Migratsiya oqimlarini tartibga soliş böyiça tuzilgan işçi guruh doirasida yuzaga kelayotgan masalalarni tezkor hal etiş maqsadida muntazam uçraşuvlar ötkazib boriş töğrisida kelişuvga erişildi.