Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev 14–16 noyabr kunlari davlat taşrifi bilan mamlakatga keladi.
Taşrif dasturiga muvofiq, oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar hamda Özbekiston va Qozoğiston yetakçilari raisligida Oliy davlatlararo kengaşning ikkinçi yiğilişi ötkazilişi közda tutilgan.
Kun tartibiga savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, energetika, qişloq xöjaligi, suv resurslaridan samarali foydalaniş, şuningdek, madaniy-gumanitar loyihalar kabi ustuvor yönalişlarda hamkorlikni çuqurlaştiriş masalalari kiritilgan.
Şu bilan birga, mintaqaviy va global siyosatning dolzarb jihatlari, şu jumladan, köp tomonlama formatlar doirasidagi özaro hamkorlik yuzasidan ham fikr almaşiladi.
Taşrif doirasida Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi va qator qöşma loyihalarni amalga oşiriş, şuningdek, Özbekiston – Qozoğiston strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaşga qaratilgan hujjatlar töplamini imzolaş rejalaştirilgan.
Qozoğiston prezidenti taşrif doirasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinçi Maslahat uçraşuvida ham iştirok etadi.











