Rossiya qurolli kuçlarida pilotsiz tizimlar qöşinlari tuzildi, deb ma’lum qildi 12 noyabr kuni «Komsomolskaya pravda» gazetasiga bergan intervyusida yangi turdagi qöşinlar boşliğining örinbosari polkovnik Sergey Iştuganov. «Yangi turdagi qöşinlarning tuzilmasi aniqlandi, pilotsiz tizimlar qöşinlarining boşliği tayinlandi, harbiy boşqaruv organlari barça darajada yaratildi. Taşkiliy ştatdagi polklar va boşqa bölinmalar şakllantirildi. Pilotsiz tizimlar bölinmalarining jangovar faoliyati yagona reja asosida va qöşinlar guruhlari tarkibidagi boşqa bölinmalar bilan özaro hamkorlikda olib borilmoqda», — dedi Iştuganov. Uning aytişiça, hozir «pilotsiz tizimlar qöşinlari uçun oliy harbiy ta’lim muassasasini yaratiş» ustida işlar ketmoqda.

Öz navbatida, TASS davlat axborot agentligi Rossiya Mudofaa vazirligi roligini e’lon qildi, unda pilotsiz tizimlar qöşinlarining emblemasi namoyiş etilgan: kesişgan nayza va şamşir, kesişgan joyida esa yulduz va qanotli mikrosxema tasviri.

Ötgan yil dekabrida RF mudofaa vaziri Andrey Belousov yangi turdagi qöşinlarni «Oliy boş qömondon topşiriğiga muvofiq» şakllantiriş taklif etilganini aytgan. U yaratiş jarayoni 2025 yilning uçinçi çoragida yakunlanişini qayd etgan.

2025 yil iyun oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin tuzilayotgan pilotsiz tizimlar qöşinlarini «iloji boriça tez va sifatli ravişda joylaştiriş va rivojlantiriş»ni ta’minlaşga çaqirgan. «Qarşi tomon qanday harakat qilayotganini bilamiz. Ammo umuman olganda, bu borada biror joyda ortda qolayotganimiz yöq, deb hisoblayman», — degan edi Putin.

Ukraina Qurolli Kuçlari tarkibida aynan şunday bölinmalar — Pilotsiz tizimlar kuçlari (SBS) prezident Volodimir Zelenskiyning 2024 yil 6 fevraldagi farmoni bilan alohida tur sifatida ajratilgan. Ularning tarkibiga havo, dengiz va quruqlikda qöllanuvçi pilotsiz va robotlaştirilgan tizimlardan foydalanadigan bölinmalar kiritilgan. 2025 yil iyundan SBSga armiyada «Madyar» taxallusi bilan tanilgan mayor Robert Brovdi qömondonlik qilmoqda.