Ukraina hukumati “Energoatom” davlat kompaniyasi boşqaruv hay’ati a’zosi, vitse-prezident Yakob Xartmutni işdan vaqtinça çetlatiş töğrisida qaror qabul qildi. Bu qaror Ukraina Milliy korrupsiyaga qarşi byurosi (NABU) taqdim etgan materiallar asosida qabul qilingani haqida 12 noyabr kuni mamlakat boş vaziri Yuliya Sviridenko Telegram’da yozdi.
Hukumat, şuningdek, “Energoatom” boşqaruvi raisi v.b.ga kompaniya prezidentining boş maslahatçisi Dmitriy Basovni (unga allaqaçon gumonnoma taqdim etilgan) hamda huquqni muhofaza qiluvçi organlar tekşirayotgan jinoyatlarga aloqador bölişi mumkin bölgan xodimlarni vaqtinça lavozimdan olib turişni topşirdi. Jumladan, bu röyxatda moliya va budjetlaştiriş direktori, huquqiy ta’minot direktori va “Markazlaşgan xaridlar” alohida bölinmasi rahbari borligi aniqlandi, dedi Sviridenko.
Uning qöşimça qilişiça, agar NABU tergovi davomida boşqa xodimlarning ham jinoiy faoliyatga aloqadorligi aniqlansa, boşqaruv raisi v.b. ularni ham çetlatişi va bu şaxslar böyiça tergovga töliq kömak berişi şart.
Bundan oldinroq, 12 noyabr kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy “Energoatom”da korrupsiya tekşiruvlari fonida mamlakat adliya vaziri German Galuşçenko va energetika vaziri Svetlana Grinçukni lavozimidan ozod etişni talab qilgan edi. Ular darhol iste’fo arizalarini topşirdi, deb xabar berdi Sviridenko va bu masala böyiça taklifni Oliy Radaga kiritganini ma’lum qildi. Deputat Yaroslav Jyeleznyakka köra, masala yuzasidan ovoz beriş 18 noyabr kungi majlisda ötkazilişi kutilmoqda.
Keyinroq Sviridenko öz Telegram-kanalida navbatdan taşqari yiğilişda Vazirlar Mahkamasi Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşiga (MXMK) Zelenskiyning safdoşi, “Kvartal 95” studiyasi egasi Timur Mindiç hamda moliyaçi Aleksandr Tsukermanga qarşi sanksiyalar joriy etiş taklifini kiritganini yozdi. Ikkalasi ham “Energoatom” işida tintuvlardan sal oldin mamlakatni tark etgan.
NABU va Ixtisoslaşgan antikorrupsiya prokuraturasi (SAP) şu hafta boşida “Energoatom”da katta korrupsiya sxemasi foş etilganini ma’lum qildi. 10 noyabr kuni huquqni muhofaza qiluvçi idoralar Galuşçenko va Mindiçga tegişli joylarda, şuningdek “Energoatom”ning özida tintuvlar ötkazdi.
NABU bayonotiga köra, “jinoiy taşkilotning asosiy faoliyati yönalişi ‘Energoatom’ kontragentlaridan şartnoma qiymatining 10–15 foizi miqdorida muntazam noqonuniy daromad oliş bölgan. Xususan, kontragentlarga körsatilgan xizmatlar/yetkazib berilgan mahsulot uçun tölovlarni bloklaşdan qoçiş yoki yetkazib beruvçi maqomidan mahrum etmaslik şarti bilan ‘otkat’ tölaş talabi qöyilgan”.











