Ma’lumotlarga köra, 3 714 ta holatda huquqbuzarlar çiqindilarni transport vositalari orqali taşlagan. Huquqbuzarlik sodir etgan 2 232 nafar şaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan, yana 7 585 ta holat böyiça çora köriş jarayoni davom etmoqda.
Eng köp qoida buzilişi kuzatilgan hududlar quyidagiça:
- - Andijon viloyati - 3 001 holat;
- - Namangan viloyati - 2 937 holat;
- - Farğona viloyati - 1 645 holat;
- - Samarqand viloyati - 981 holat;
- - Toşkent viloyati - 434 holat;
- - Surxondaryo viloyati - 250 holat;
- - Sirdaryo viloyati - 144 holat;
- - Toşkent şahar - 121 holat;
- - Xorazm viloyati - 117 holat;
- - Navoiy viloyati - 99 holat;
- - Qaşqadaryo viloyati - 70 holat;
- - Jizzax viloyati - 16 holat;
- - Buxoro viloyati - 2 holat.
Ma’muriy javobgarlikka tortilgan 2 232 ta holat böyiça jami 956 million 887 ming sömlik jarima qöllangan.
Vazirlikka köra, örnatilgan onlayn kuzatuv kameralari faqat çiqindi taşlaş emas, balki boşqa turdagi ekologiyaga oid qonunbuzarliklarni aniqlaş imkonini ham bermoqda.











