Juma va yaqinlashayotgan dam olish kunlarida O‘zbekiston hududida quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.
Harorat kechasi +2…+7 daraja, kunduzi +17…+22 daraja atrofida bo‘ladi. Bu noyabr oyi o‘rtalari uchun normal (o‘rtacha ko‘p yillik) ko‘rsatkichlardan 3–5 daraja yuqoridir.
Ob-havo xizmati ta’kidlashicha, sharqdan juda mayin shamol esib turadi.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +4…+6 daraja iliq, kunduzi +18…+20 daraja iliq bo‘ladi.







